Ilmiy qadam: Nordik delegatsiyasi Xitoyda xalqaro simpoziumda

Ilmiy qadam: Nordik delegatsiyasi Xitoyda xalqaro simpoziumda

September 15 , 2026

|

36

Xalqaro Nordik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Odil Qo‘ysinov hamda Ijtimoiy fanlar va jurnalistika kafedrasi mudiri Najmiddin Qodirov Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo tadqiqotlari bo‘yicha xalqaro ilmiy simpoziumda ishtirok etmoqdalar.

Sian arxitektura va texnologiya universitetida o‘tayotgan xalqaro ilmiy anjumanda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda.

Simpozium doirasida mintaqaviy boshqaruv va barqaror rivojlanish, ekologik barqarorlik, sivilizatsiyalararo va madaniy muloqot, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni rivojlantirish kabi muhim mavzularga eʼtibor qaratilyapti.

Nordik prorektori Odil Qo‘ysinov xalqaro ilmiy maydonda taqdimot bilan ishtirok etib, universitetning ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini keng namoyish etdi.

Tashrifning muhim maqsadlaridan biri Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan akademik aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish va yangi ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish.

Ushbu taʼlim tashrifi davomidagi xalqaro ilmiy muloqotlar Nordik universitetining global akademik hamkorlik tarmog‘ini yanada kengaytirish va yangi ilmiy imkoniyatlar ochishga xizmat qiladi.