Fakultet hayoti

XNU TRAVEL CLUB: COMBO TOUR bo‘lib o‘tdi!
13-dekabr kuni XNU Travel Club tomonidan tashkil etilgan Combo Tour muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ishtirokchilar Amirsoy, Chimyon, Kiyiklar fermasi va Chorvoq bo‘ylab unutilmas sayohatga safar qilishdi.
Tashkilotchilar qulay va xavfsiz transport, tajribali yo‘l boshlovchi, Kiyik fermasiga kirish imkoniyati, fotosessiya hamda issiq choy va kofe bilan ta’minlashdi. Sayohat davomida ishtirokchilar tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lib, Amirsoyning oppoq qorlari, Chimyonning musaffo havosi, Chorvoqning ko‘k manzaralari va kiyiklar olami bilan tanishdilar. Shuningdek, ishtirokchilar boshqa shaxsiy xarajatlar va ovqatlanish uchun qo‘shimcha mablag‘ ishlatish imkoniga ega bo‘ldilar. Sayohat qatnashchilarga yoqimli taassurotlar, yangi tajribalar va esda qolarli dam olish lahzalarini taqdim etdi.






So'nggilari

Bu galgi uchrashuvda talabalar Fahrenheit 451 asari yuzasidan chuqur va mazmunli muhokamalarda ishtirok etishdi.

Maxsus pedagogika yo‘nalishi 2-kurs talabalari Gulsora Abduqunduzova va Nozima Aminova ilm-fan olamiga o‘z izlanishlari bilan kirib kelmoqdalar.

KI-24 guruhining faol va intiluvchan talabalari Jahongir Ziyodullayev hamda Sardorbek Nurmatov yana bir muhim bosqichni muvaffaqiyat bilan yakunlashdi!

O‘qituvchilar, ta’lim mutaxassislari va talabalar uchun nufuzli forum o‘tkazilmoqda.