Chet tillar kafedrasi

Chet tillar kafedrasi 2024-2025 o´quv yilining sentabr oyidan o´z faoliyatini boshladi. Kafedra tarkibida 23 nafar professor-o‘qituvchilar mavjud bo´lib, 2 nafari Finlandiya davlati oliygohlaridan tashrif buyurib, talabalarimizga fin tilidan saboq berishmoqda. Kafedramiz jamoasi talaba yoshlarga ingliz, nemis, fin va rus tili ko'nikmalarini rijojlantirishda bir biridan qiziqarli bo´lgan amaliy dars jarayonlarini taklif qilishadi.


Kafedramiz shiori: “Yangi O´zbekiston yoshlarini kuchli, chet tillari ko´nikmalariga ega bo´lgan mutaxassislar qilib tayyorlashdir.” Bu borada professor-o‘qituvchilarimiz o‘z vazifalarini zamonaviy yevropa o‘qitish standartlari asosida amalga oshirishmoqda. Kafedramizning asosiy maqsadlaridan biri talabalarga Finlandiya ta’lim standartlari asosida va zamonaviy til o‘qitish usullaridan foydalangan holda chet tillarini o‘rgatishdir.


Jamoamiz Yevropadagi universitetlar, xususan, Finlyandiya, Norvegiya, Daniya va Shvetsiyadagi hamkor mamlakatlardan mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi va har yili xalqaro ma'ruzachilar va maslahatchilarni taklif qiladi. Chet tillar kafedrasi muntazam ravishda xalqaro Yevropa loyihalarida ishtirok etadi, professor-o‘qituvchilar ham o‘z kasbiy mahoratini oshirish maqsadida xorijiy loyihalarda faol ishtirok etadilar.

Xodimlar

Narbekova Zuxra Tadjibayevna

Filolog (Nemis tili va adabiyoti mutahasisi),Psixolog, DifektologXalqaro Nordik Universiteti, Chet tillari kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. 1990 -1995 yillar davomida O´zbekiston davlat jahon tillari universitetini nemis tili filologiya yo´nalishini tamomlagan.1995- 2014 yillar davomida O´zbekiston davlat jahon tillari universitetini nemis tili filologiya fakultetida pedagogik faoliyatini olib borgan. 2014-2024 yillar davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.2024 yil yangi o´quv yilidan Xalqaro Nordik Universitetida, Chet tillar kafedrasi mudiri lavozimida pedagogik faoliyatini boshlagan. Xozirgacha 6 nafar darslik, 12 nafar o´quv qo´llanma, 1 ta elektron o´quv qo´llanma va 50 dan ortiiq ilmiy maqollalar muallifidir.O´zbekistonda nemis tilini yevropa standartlari talabida o´qitilishini ta´minlash maqsadida Germaniya, Avstriya davlatlari oliygohlari bilan hamkorlikda qilingan xalqaro loyihalarda ishtirok etgan. Bir necha bor DAAD, Goethe Institut va ÖaD tashkilotlari e´lon qilgan stipendiyalar sohibi bo´lgan. Milliy universitet va O´zbekiston davlat jahon tillari universitetlari qoshida ochilgan malaka oshirish kurslarida nemis tili metodikasidan dars berib kelgan. Germaniya va boshqa davlatlarda o´z faoliyatini olib borayotgan bir qancha shogirddlarga ega.

Narbekova Zuxra Tadjibayevna

Kafedra mudiri

Madina Isakova

Madina Isakova Abdukarim qizi Toshkent viloyati, Qibray tumanida tug'ilgan. 2017- yil O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining “Xorijiy til va adabiyot” fakultetiga o‘qishga kirib, 2021-yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2021-2022- yillarda Toshkentdagi Webster Universiteti magistratura bo'limida "MA TESOL" yo'nalishi bo'yicha tahsil olgan. Madina Isakova 2020-yil Toshkent shahridagi "Invento" International schoolda assisstent o'qituvchi, 2021-2022- yillarda Toshkent shahridagi 286-maktabda ingliz tili o'qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-2023- yillarda Toshkent Kimyo-texnologiya institutida assistent o'qituvchi lavozimida ishlagan. 2022-2023 yillar Xalqaro Nordik universiteti "xorijiy tillar" kafedrasida katta o'qituvchi lavozimida ishlab, 2024- yildan "Chet tillar" kafedrasidakatta o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2024-yil avgust oyida Finlandiyadagi "Kareliya amaliy fanlar universitetida" malaka oshirish o'quv kursida tahsil olgan. Ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Madina Isakova

Katta o'qituvchi

Azizova Durdona

Azizova Durdona Avazbekovna 1994-yil 10- fevral Namangan viloyati, Yangiqo’rg’on tumanida tug’ilgan. Millati o’zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 2017-yil Andijon davlat universitetining “Ingliz tili va adabiyoti” fakultetini tamomlagan. 2021-2022 yillarda Webster Universiteti MA TESOL yo’nalishida magistratura bosqichini tamomlagan. Ish faoliyatini 2015-2016 yillar Andijon shahar “Taraqqiyot” til o’rgatish markazida yordamchi o’qituvchi (tyutor) ; 2016-2017 yillar Andijon viloyati Andijon shahar Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi “Istiqlol nihollari” bog’chasida tarbiyachi; 2017-2018 yillarda Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanidagi 10- o’rta ta’lim maktabida ingliz tili o’qituvchisi; 2018-2021 yillarda Toshkent shahar Olmazor tumani 219- o’rta ta’lim maktabida ingliz tili o’qituvchisi; 2020-2023 yillarda Toshkent shahar RIKS Education til o’rgatish markazida “General English” o’qituvchisi; 2022-yildan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “ Chet tillar kafedrasida” katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2025-yildan Xalqaro Nordik universiteti 1- kurs tayanch doktaranti . Ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq maqolalar , xorijiiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Azizova Durdona

Katta o´qituvchi

Karimova Munira Axmadjanovna

Karimova Munira Axmadjanovna 1992-yil 28- iyul Andijon viloyati Xonobod shahrida tug’ilgan. Millati – o’zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali: 2 nafar farzandi bor. 2011-2015- yillarda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz filologiyasi” fakultetini bakalavr bosqichini tamomlagan. 2015-2017- yillarda mazkur universitetning “Lingvistika (ingliz tili)” fakulteti magistratura bosqichini tamomladi. Karimova Munira mexnat faoliyatini 2010-2011- yilda Andijon viloyati Xonobod shahar 9-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatida “Yoshlar yetakchisi” vazifasida boshladi. 2015- 2017-yillarda Toshkent Islom Universiteti qoshidagi akademik litsey “Xorijiy tillar” kafedrasida ingliz tili o’qituvchisi, 2017 – 2024- yillarda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Chet tillari” kafedrasida ingliz tili o’qituvchi stajyor lavozimida faoliyat yuritgan. 2024- yil 4-Sentyabrdan Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillari” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha 25 ga yaqin (shulardan 1 ta o’quv qo’llanma, 10 ta xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar, hamda 10 dan ziyod xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr qilgan.

Karimova Munira Axmadjanovna

Katta o'qituvchi

Djamalutdinova Barno Ramizitdinovna

Djamalutdinova Barno Ramizitdinovna 1977 yil 16 avgust Toshkent shahri, Chilonzor tumanida tug’ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 1994 yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz filologiyasi” fakultetiga o‘qishga kirib, 1999 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 1999 yil o’z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining “Xorijiy tillar” kafedrasida katta laborant lavozimida boshlagan. 2000 yildan 2012 yilga qadar mazkur kafedrada dosent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2012-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasining “Xorijiy tillar” kafedrasida dosent vazifasini bajaruvchi lavozimida mehnat munosabatlari davom ettirildi. 2013-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi, Soliq akademiyasi “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2014-2017 yillarda “Beauty plus” MChJda, maslahatchi-tarjimon lavozimiga ishga qabul qilingan va shu bilan bir vaqtda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “O‘zbek va horijiy tillar” kafedrasida o‘rindoshlik asosida ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bordi. 2017-2023 yillarda mazkur institutda asosiy shtat asosida, ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida mehnat munosabatlari davom ettirildi. 2023 yildan hozirgi vaqtga qadar Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Djamalutdinova Barno Ramizitdinovna

Katta o'qituvchi

Turdaliyev Bobur Muhammadali o'g'li


Turdaliyev Bobur Muhammadali o'gli 1991 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti oliy. Oilali, 2007 yil O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti o'qishga kirib, 2013 yilda mazkur universitetning lingvistika (ingliz tili) magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatni 2011 yilda chet elga jo'nab ketayotgan fuqarolarni jo'nab ketishdan oldingi moslashtirish va ko'niktirish markazida 1-toifali yo'riqchi lavozimida ishlagan. 2016 yildan boshlab 2021 yilga qadar IIVning Yong'in havfsizligi oliy texnik maktabida hamda IIV Malaka oshirish instituti o'quv bo'limi metodisti lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-2022 yillarda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida, 2022-2023 yillarda Toshkent amaliy fanlar universitetida, 2024-yildan hozirgi kunga qadar Nordic International Universitetida "chet tillari" kafedrasida katta o'qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Pedagogik faoliyati davomida Respublika miqyosida turli konferensiyalarda o'z maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, OAK tasarrufidagi Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalarim chop ettirib kelmoqda.

Turdaliyev Bobur Muhammadali o'g'li

Katta o'qituvchi

Shaymardanov Abror Hamid o'g'li

Shaymardanov Abror Hamid o'g'li 1992-yil 13-iyul Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 2011-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz filologiyasi” fakultetiga o‘qishga kirib, 2018-yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2015-2016 yillarda Chicago shahridagi CSI kolleji "Advanced ESL" kursini tamomlagan. 2018-2019 yillarda Webster universiteti magistratura bosqichi MA TESL (Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o'qitish) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. Shaymardanov Abror 2019-2021-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz filologiyasi” fakulteti “Ingliz tilini o'qitish va ta'lim texnologiyalari” kafedrasida stajer o‘qituvchi lavozimida, 2021-2022-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz filologiyasi” fakultetida dekan muovini lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. 2022-2024 yilllarda O‘zDJTU tayanch doktorantura bosqichida tahsil olgan. Ixtisoslik shifri: 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. Ilmiy tadqiqot ishi mavzusi: “Parallel korpuslardagi idiomatik birliklarning chog'ishtirma aspekti (ingliz va o‘zbek tilllari misolida)”. Dissertatsiyasi ilmiy kafedra muhokamasi bosqichida. 2024-yil oktabrdan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Shaymardanov Abror Hamid o'g'li

Katta o'qituvchi

Qulmamatov Oybek Amonovich

Qulmamatov Oybek Amonovich 1985 yil 21 noyabr Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 2004 yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz filologiyasi” fakultetiga o‘qishga kirib, 2008 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2009-2011 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bo‘limida Lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishi bo‘yicha, 2020-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi magistratura bo‘limida davlat va munisipal boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. Qulmamatov Oybek 2011-2012-yillarda Toshkent arxitektura va qurilish instituti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida, 2012-2020-yillarda shartnoma asosida Abu-Dabi xalqaro aeroportida duty-free xizmati nazoratchisi lavozimida, 2020-2021-yillarda Toshkent arxitektura va qurilish instituti “Xorijiy tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida, 2021-yil sentabr-dekabr oylarida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti “Ingliz tili integrallashgan kursi №3” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. 2022-2024 yilllarda O‘zDJTU tayanch doktorantura bosqichida tahsil olgan. Ixtisoslik shifri: 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. Ilmiy tadqiqot ishim mavzusi: “Og‘zaki nutq janrlarining lingvomadaniy tadqiqi (ingliz tilidagi dozens va o‘zbek tilidagi askiya misolida)”. Dissertatsiyasi ilmiy seminar muhokamasi bosqichida.2024 yil oktabrdan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Qulmamatov Oybek Amonovich

Katta o'qituvchi

Chernova Natalya

Chernova Natalya Vasilevna 1989-yil 4-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan.Millati rus, Oliy ma'lumotga ega. Oilaviy holati: Oilali.Ta’lim faoliyati:2008-2012 yy.-Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi (bakalavr)2012-2014 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi (magistratura) Mehnat faoliyati:2013-2015 yy. - Toshkent shahar M.Ulug'bek tumani 225-maktab rus tili o’qituvchisi2015-2019 yy. - International House-Tashkent akademik litseyi rus tili va adabiyot fani o‘qituvchisi2019- 2023 yy. - YATT «Oryol» boshqaruvchi yordamchisi 2021-2023 yy. - Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Rus tili” kafedrasi katta o‘qituvchisi2023-h.v.q. - Xalqaro Nordic universiteti “Chet tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisiIlmiy faoliyati2024-yildan Kimyo xalqaro universitetida mustaqil izlanuvchi.Ixtisoslik shifri: 13.00.02 - Теория и методика обучения и воспитания (русский язык)Ilmiy mavzu: “Лингвометодические основы формирования фразеологической компетенции студентов неязыковых вузов, изучающих русский язык”.Dissertatsiya ilmiy seminar muhokamasi bosqichida.15 dan ortiq maqola va tezislar xorijiy hamda mahalliy konferensiyalarda e’lon qilingan.

Chernova Natalya

Katta o'qituvchi

Sarimsakova Gulchehra Muratovna

Sarimsakova Gulchexraxon Muratovna 1970 yil 21 dekabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1990-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetining rus tili va adabiyoti yo‘nalishiga o‘qishga kirib, mazkur universitetni 1995-yilda tamomlagan. 1998-yildan boshlab Toshkent avtomobil-yo‘llari instituti o‘zbek va rus tillari kafedrasi laboranti bo’lgan. 1999-2000 yillar Toshkent avtomobil-yo‘llari institutining o‘zbek va rus tillari kafedrasi assistent o‘qituvchisi, 2000-2008 yillar Toshkent avtomobil-yo‘llari instituti, yo‘l xo‘jaligi va boshqaruvi fakultetining dekan o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.2024 yil sentabr oyidan Xalqaro Nordik universiteti chet tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha jami 40 ta (shulardan 1ta darslik, 2 ta o‘quv qo’llanma, 1 ta elektron o‘quv qo’llanma, 1 monografiya va  16 ta xorijiy va mahaliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda 19 xorijiy va mahaliy konfirensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr etgan.

Sarimsakova Gulchehra Muratovna

Katta o'qituvchi

Azamatova Nodira Bayitovna

Аzamatova Nodira Bayitovna 1968 yil 24 iyul Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida toʼgʼilgan. 1985 yili Sirdaryo viloyati Guliston Davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakulьteti kunduzgi boʼlimiga oʼqishga kirib uni 1990 yili tamomladi. 2005-2014 yillar davomida Toshkent Davlat Pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasida katta oʼqituvchi boʼlib ishlab, mazkur kafedrada ilmiy faoliyatini davom ettirdi. Rus tilida dissertatsiya mavzusi boʼyicha ilmiy tadqiqot olib borib, qator maqolalar, metodik qoʼllanma nashr ettirdi.2023/2024 yillarda Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universitetda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”kafedrasida katta oʼqituvchi boʼlib ishladi va shu davrda Nordik Xalqaro Universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasida dastlab soatbay katta oʼqituvchi boʼlib ishlab, hozirda shu universitetning mazkur kafedrasida katta oʼqituvchi boʼlib ishlamoqda.Ilmiy tadqiqot mavzusi: “Профессиональная лекторская подготовка студентов педагогических вузов”. Dissertatsiyasi ustida ishlab, ilmiy metodik kengashdan muhokamalardan oʼtgan.Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, xorijiy va maxaliy konferentsiyadarda tezislar nashr qilgan. 2014-2023 yillarda Rossiya-Moskva shahrida xususiy taʼlim bilan shugʼullagan.

Azamatova Nodira Bayitovna

Katta o'qituvchi

Riskiyev Bobur Bahodirovich

Riskiyev Bobir Bahodir o’g’li 1992 yil 3 sentyabr Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Bo’ydoq. 2013 yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Rus filologiyasi” fakultetiga o‘qishga kirib, 2017 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2017-2019 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bo‘limida Lingvistika (rus tili) yo‘nalishi bo‘yicha oliygohda o’qigan. 2012-2013 yillarda Toshkent davlat sharq tillari instituti laborant lavozimida, 2019-2021 yillarda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hozirgi zamon rus tili kafedrasi stajyor-o’qituvchisi lavozimida, 2022-2023 yillarda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hozirgi zamon rus tili kafedrasi o’qituvchisi lavozimida, 2023-2024 yillarida – O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus adabiyoti va o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi lavozimida, 2020-2021, 2022-2023 yillarida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2022 yildan buyon O‘zDJTU mustaqil izlanuvchi doktoranturasida tahsil olib kelmoqda. Ixtisoslik shifri: 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. Ilmiy tadqiqot ishim mavzusi: “Rus va o’zbek tillarida harakat fe’llarining aktant va semantik strukturasi”. 2024 yil sentyabrdan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 15 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Riskiyev Bobur Bahodirovich

Katta o'qituvchi

Rejapova Naima Berdiyarovna

Rejapova Naima Berdiyerovna Xalqaro Nordik Universiteti, “Chet tillar” kafedrasida nemis tili katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat olib boradi. 1978 yil 14 oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti oliy. Oilali, 2 nafar farzandi bor.1995 -1999 yillarda O´zbekiston davlat jahon tillari universitetining nemis tili filologiyasi bakalavr yo´nalishini tamomlagan.1999 -2001 yillarda O´zbekiston davlat jahon tillari universitetining nemis tili filologiyasi magistraturasini tamomlagan.2004- 2016 yillarda O´zbekiston davlat jahon tillari universiteti nemis tili filologiya fakultetida pedagogik faoliyatini olib borgan. 2017-2024 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2024 yildan boshlab Xalqaro Nordik Universitetida, Chet tillar kafedrasi nemis tili katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunga qadar 1 ta daslik, 4 ta o´quv qo´llanma, va 30 dan ortiiq ilmiy maqollalar muallifidir. O´zbekistonda nemis tilini rivojlantirish maqsadida Germaniya, Avstriya davlatlari oliygohlari bilan hamkorlikda qilingan xalqaro loyihalarda ishtirok eygan. Bir necha bor DAAD, Goethe Institut tashkilotlari e´lon qilgan stipendiyalar sohibi bo´lgan.

Rejapova Naima Berdiyarovna

Katta o'qituvchi

Shahakimova Rano Abbosovna

Shahakimova Ra Abbasovna 1968 yil Qozog’iston respublikasi, Turkiston shahrida tug’ilgan. Millati o’zbek.Ma’lumoti oliy.1985 yil Respublika rus tili va adabiyoti institutiga o’qishga kirgan va mazkur institutni 1990 tamomlagan. 1986-1987 o’quv yilini Rossiya davlatidagi VDPI da o’qigan. Ish faoliyatini 1988-1999 yillari Turkiston shahridagi Xamza nomidagi maktabda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi lavozimidan boshlagan. 2002-2009 yillari Toshkent shahar 58- maktabgacha ta’lim muassasida bolalar bog'chasi mudir o'rinbosari, Toshkent shahar 136- ta’lim muassasida o’quv va tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida ishlagan. 2011-2018 Toshkent Telekommunikatsiya texnologiyalari ko’llejida rus tili va adabiyoti o’qituvchisi, va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida ishlagan. 2018-2019 yillari Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim maktabida rus tili fani o’qituvchisi lavozimida ishlagan. 2021-2023 yillari « Mentor House» o’quv markazini shakllantirgan va faoliyat olib borgan.2023 yildan Xalqaro Hordik universiteti Chet tillar kafedrasida rus tili o’qituvchisi. Xorijiy va mahalliy jurnallarda bir necha ilmiy maqolalari nashr qilingan.«Ta’limni rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun» faxriy yorliq va «Ta’limni rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun» Ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

Shahakimova Rano Abbosovna

assistent o'qituvchi

Kalonova Zilola Aminovna

Kalonova Zilola Aminovna 1976 yil 22 sentabr Farg’ona viloyati, Qo’qon shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 1994 yil Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika oliygohining “ Rus tili va adabiyoti” fakultetiga o‘qishga kirib, 1999 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 1999-2003 yillarda Qoqon shahridagi 33-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qituvchi, 2003-2007 yillarda Qoqon shahridagi 39-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qituvchi, 2007-2009 yillarda Qoqon shahrida XDPda rais o’rinbosari, 2009-2014 yillarda Qoqon shahridagi 39-umumiy o’rta ta’lim maktabida raxbar o’rinbosari, 2014-2023 yillarda Qoqon shahridagi “Iqtidor Inteiiekt Ziyo” NTM da rahbar o’rinbosari, 2023- yil avgustdan boshlab Toshkent shahardagi Xalqaro Nordik universitetida “Chet tillar” kafedrasida rus tili o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan. Ixtisoslik shifri: 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (sohalar bo’yicha). Ilmiy tadqiqot ishim mavzusi: “Musiqa ta’limi yo’nalishi talabalarida rus tili kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”. 

Kalonova Zilola Aminovna

assistent o'qituvchi

Rametova Bibimaryam Maxmud qizi

Rametova Bibimaryam Maxmud qizi 1997 yil 22 fevral Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahrida tug‘ilgan. Millati qoraqalpoq. Ma’lumoti oliy. 2015 yil Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti chet tillari fakultetiga (filologiya va tillarni oʼqitish: rus tili) o‘qishga kirib, 2019 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2019-2021 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bo‘limida Lingvistika (rus tili) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. 2021 yilning 1 feral oyidan Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti rus tili va oʼqitish metodikasi kafedrasida stajor-oʼqituvchi, 2021 sentabr - 2024 iyun davomida mazkur kafedrada oʼqituvchi lavozimida ish faoliyatini oʼlib borgan. 2024 yil sentabrdan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 15 dan ortiq maqola va tezislar xorijiy hamda mahalliy konferensiyalarda nashr qilgan. 2024 yil oktabr oyida TRKI-IV (C2) (ChSRT-IV) sertifikatini olgan.

Rametova Bibimaryam Maxmud qizi

assistent o'qituvchi

Orinbaeva Elvira Zaripbayevna

O'rinbaeva Elvira Zaripbaevna 1997 yil 23-fevral Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xo'jayli tumanida tug'ilgan. Millati qoraqalpoq. Ma’lumoti oliy. 2015 yil Qoraqalpoq davlat universitetining Chet tillari fakultetiga o‘qishga kirib, 2019 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2020-2022 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bo‘limida Lingvistika (rus tili) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. O'rinbaeva Elvira Zaripbaevna 2019-2021 yillarda Xo'jayli tumani 28-sonli umumta'lim maktabida rus tili va adabiyoti o'qituvchisi lavozimida ishlagan. 2021-yildan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasida stajyor-o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2023-2024 yillarda Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasida o'qituvchi lavozimida ishlagan. 2024-yil sentyabr oyidan Xalqaro Nordik universitetida katta lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Orinbaeva Elvira Zaripbayevna

assistent o'qituvchi

Xakimxodjayev Nodir Narinomovich

Xakimxodjayev Nodir Narimonovich 1981 yil 17 iyun kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 1999 yil O’zbekiston Davlat Jahon Tillari universitetining “Ingliz filologiyasi” fakultetiga o’qishga kirib 2003 yil mazkur universitetni tamomlagan.2022 yil Toshkent Xalqaro Vebster Universitetining Boshqa tillarda so‘zlashuvchilarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha (MA TESOL) ijtimoiy fanlar magistratura yo‘nalishini tamomlagan. Xakimxodjayev Nodir mehnat faoliyatini 2003-2018 yillarda Xalq ta’lim vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlari ixtisoslshtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida olib borgan.2018-2023 yillarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.2023-2024 yillarda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimida ishlagan.2024 sentabrdan boshlab Xalqaro Nordik universitetida assistant o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelmoqda. Mehnat faoliyati davomida bir necha davlat va xalqaro loyihalarda ishtirok etgan. Hususan 2012-2013 yili ingliz tilidan 1-sinf o‘quvchilari darsligiga hammuallif bo‘lgan. 2017 yili O‘zbekistondagi Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasining dasturi bo’yicha Kaliforniya Davlat Universitetida malaka oshirib kelgan.

Xakimxodjayev Nodir Narinomovich

assistent o'qituvchi

Shonazarova Dilnoza Dilshod qizi

Shonazarova Dilnoza Dilshod qizi 2000-yil, 29-may kuni Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida tug'ilgan. 2019-yil Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universitetining "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fakultetiga o'qishga kirib, 2022-yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2022-2024-yillarda Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti magistratura bo'limida "Sinxron tarjima" yo'nalishi bo'yicha tahsil olgan. Shonazarova Dilnoza 2020-2024-yillar davomida shartnoma asosida "Effort team" (GrantGo), "Mastermediaproduction" (Sevimli tv), "Ay tv" kabi platformalarda tarjimon lavozimida, 2022-2023-yillarda Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi akademik litseyi "Xorijiy tillar" kafedrasida ingliz tili o'qituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2025-yil 1-yanvardan e'tiboran Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universitetida tayanch doktoranturada tahsil olmoqda. 2024-yil sentyabrdan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillar” kafedrasida assistent o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 15 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Shonazarova Dilnoza Dilshod qizi

Assistent o'qituvchi

Yusupova Mahbuba Rustam qizi

Yusupova Mahbuba Rustam qizi 1998yil 18 fevral Xorazm viloyati, Xiva shahrida tug'ilgan. 2021-yil Urganch Davlat universitetining "Xorijiy filologiya" fakultetiga “Ingliz tili va adabiyoti” yo’nalishi bakalavr boshqichini tamomlagan. 2021-2022 yillarda Webster universiteti magistratura darajasi va qo’shimcha TEFL “TEACHING ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE” diplom bilan taqdirlangan. Faoliyati davomida “Language city” ta’lim markazida Ingliz tili o’qituvchisi lavozimida, 10-sonli o’rta ta’lim maktabida Ingliz tili o’qituvchisi lavozimida, 2022-2024 yillarda shartnoma asosida “DISTANCE EDUCATION PLATFORM” loyiha dasturida IELTS instruktori va Ingliz tili o’qituvchisi lavozimlarida ishlagan. 2024 -yildan sentyabrdan boshlab Xalqaro Nordik Universiteti “Chet tillari” kafedrasida assistent o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2025-yil 1-yanvardan Xalqaro Nordik Universiteti tayanch doktoranti. 2021-yildan hozirgacha “Ilmiy jurnal va konferensiyalar” telegram kanalida tarjimonlik, ilmiy va akademik maqolalar yaratish va nashrga tayyorlash xizmatlarini qilib kelmoqda. Hozirgacha ilmiy faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Yusupova Mahbuba Rustam qizi

assistent o'qituvchi

Elg Aija Helena

Aija Helena Elg – fin tili bo‘yicha tajribali pedagog va tadqiqotchi. U 1980–1990 yillarda Helsinkidagi Universitetda magistrlik darajasini olgan bo‘lib, asosiy mutaxassisligi – fin tili, qo‘shimcha yo‘nalishi esa fin adabiyotidir.

Aija Elg turli universitetlarda va xalqaro ta’lim dasturlarida faoliyat yuritgan. U Aalto Universiteti Til Markazida 2012–2024 yillarda fin tili o‘qituvchisi va onlayn ta’lim kurslari bo‘yicha koordinator sifatida ishlagan. Shuningdek, u AQShning Minnesota Universiteti (2018–2019), Vashington Universiteti (2009–2012) va Indiana Universiteti (1998–2000) kabi nufuzli oliygohlarida mehmon o‘qituvchi bo‘lgan.

U fin tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish bo‘yicha boy tajribaga ega bo‘lib, turli ta’lim metodologiyalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan. Aija Elgning ilmiy ishlari va darsliklari orasida universitet talabalari uchun mo‘ljallangan "Vuorotellen 1" (2025-yilda nashr etiladi) va o‘rta maktablar uchun "Suomen kielen ja kulttuurin lähde" kitoblari alohida e’tiborga loyiq.

Shuningdek, u Finland Studies MOOC, Finnish Online Grammar, Introductory Finnish Self-Study Online Coursekabi bepul onlayn kurslar mualliflaridan biri bo‘lib, ularning barchasi Aalto Universitetining Open Learning platformasida mavjud.

Aija Elg fin tili ta’limida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan yetuk mutaxassisdir.

Elg Aija Helena

PhD

Johanna Amanda Kristiina Porkkala

Tajriba

Til o‘qituvchisi va yordamchisi Enjoy Finnish kompaniyasi 2020 - hozirgacha Men Finlandiyada rus tilida so‘zlashuvchilarni fin tilini o‘rganish va takomillashtirishda yordam beraman.Mening mijozlarim A1 darajasidan C1 darajasigacha bo‘lgan o‘quvchilardan iborat. Mehmonlar uchun maslahatchi (davlat xizmatchisi) Suomenlinna boshqaruv organi 2024-yil yoz fasli Hukumat byurosi uchun turli tillarda sayyohlarga UNESCO Jahon merosi obyekti bo‘yicha ma’lumot taqdim etdim. Mehmonlar uchun maslahatchi Helsinki shahri 2023-yil yoz fasli Helsinki shahridagi Turistlar ma’lumot markazida mehmonlarga turli tillarda yordam berdim. Amaliyot, forum yordamchisi Fin-Rus madaniyat forumi 2021-yil bahori 2021-yilgi Fin-Rus madaniyat forumida tarjimon va yordamchi sifatida ishladim.Mening vazifam matnlarni tarjima qilish va ishtirokchilarga forumda hamkor topishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish edi.Ta’lim Helsinki universiteti Rus tili bo‘yicha bakalavr 2019 - 2023 Nemis tili va tarjima bo‘yicha kichik mutaxassislik.2023-yildan- hozirgacha Aleksanteri institutida magistratura talabasi.

Til ko‘nikmalari Fin tili - ona tili Rus tili - ishchi darajaIngliz tili - ishchi daraja Nemis tili - ishchi daraja Shved tili - boshlang‘ich daraja

Ko‘ngillilik ishlari Ukraina yordami markazi (2023) - Rus tilida ko‘ngilli maslahatchi. Finlandiya-Rossiya jamiyatlari universitet bo‘limi raisi (2023 yildan boshlab). Puhutaan! (Keling, gaplashamiz!) - Finlandiyada chet elliklar uchun fin tili klublarini tashkil qildi (2023).

Johanna Amanda Kristiina Porkkala

Katta o'qituvchi

Otaboyev Umrbek Umidbek o'g'li

Urganch Davlat Universiteti "Turizm (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)" yo'nalishini tamomlagan. Hozirda Xalqaro Nordik Universiteti magistranti va Chet tillar kafedrasi ish yurituvchisi.

Otaboyev Umrbek Umidbek o'g'li

Ish yurituvchi