Maqsadi: Universitetning brendini mustahkamlash, uning xalqaro va milliy miqyosdagi obro‘sini oshirish, hamda universitetning faoliyatini jamoatchilikka yetkazish.
Vazifalari: Universitetning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Ijtimoiy tarmoqlar, media va boshqa kommunikatsiya kanallarida universitetning imidjini targ‘ib qilish. Universitetda o‘tkaziladigan tadbirlar va loyihalarni jamoatchilikka taqdim etish. Universitetning o‘quv dasturlari va yutuqlarini mahalliy va xalqaro auditoriyaga yetkazish. PR kampaniyalarini tashkil qilish va universitetning jozibadorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish.




