Rektor kotibiyati

Rektorat

Rektor kotibiyati

4 xodim

Vazifalari

  XNU rektor kotibiyati - O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi. Keng jamoatchilikni universitetning faoliyati to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qiladi.

Xodimlar

Og'abek Pirmamatov

Rektor yordamchisi

Og'abek Pirmamatov

Og‘abek Pirmamatov — iqtisodchi mutaxassis. Front-end dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha professional tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lib, JavaScript, TypeScript, React hamda Tailwind CSS texnologiyalari asosida zamonaviy va funksional veb-interfeyslar ishlab chiqish malakasiga ega.

Marketing sohasida yirik loyihalarda faol ishtirok etgan. Raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, foydalanuvchi tajribasini takomillashtirish hamda texnologik yechimlarni biznes jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tajribaga ega. Bitrix24 va amoCRM platformalari bilan ishlashni yaxshi biladi, shuningdek ROP (Sales bo‘limi rahbari) lavozimida faoliyat yuritgan.

Bakhtigul Tolipova

Universitet kengash kotibi

Bakhtigul Tolipova


Moliya, pul muomalasi va kredit hamda Sanoat iqtisodiyoti tutash ixtisosliklarida iqtisodiyot bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega Respublika va xalqaro miqyosidagi maqola va tezislar muallifi.

Isaqova Muxtasar Saʼdullayevna

Matbuot kotibi

Isaqova Muxtasar Saʼdullayevna

Jurnalist, muharrir, kopirayter.O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi aʼzosi. Xalqaro Nordik universiteti Jurnalistika mutaxassisligi talabasi, universitet matbuot kotibi.

Muhammadali Mamadaliyev

Bosh muharrir

Muhammadali Mamadaliyev

1993-yil 10-yanvarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 2013-2017-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 2014-yildan Respublika nashrlarida 100 ga yaqin tahliliy-tanqidiy, badiiy yo‘nalishdagi maqolalari, televideniyeda intervyulari e’lon qilingan.2015-2017-yillarda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi muassisligidagi “Hurriyat” mustaqil gazetasida muxbir, 2017-2018-yillarda “Fermer” jurnalida muxbir va bir paytning o‘zida 2018-yil davomida “Bobur va dunyo” jurnalida muharrir sifatida faoliyat olib borgan. 2017-yilda Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi bo‘lgan.2020-2021-yillar davomida Qashqadaryo Ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasida Bosh direktor o‘rinbosari – Ijodiy ishlar bo‘yicha direktor vazifasida ishlagan. Shuningdek, “Voha” gazetasida muxbir, “Ziyrak” bolalar va o‘smirlar jurnalida bosh muharrir, “Qashqadaryo press” gazetasida muxbir, “Qashqadaryo ko‘zgusi” nashriyotida muharrir vazifalarida ishlagan.2022-yildan 2024-yil noyabr oyiga qadar O‘zbekiston Fanlar akademiyasining “Fan” nashriyotida dastlab muharrir, so‘ng bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritgan. 1000 dan ortiq kitoblarga muharrirlik va musahhihlik qilgan.2024-yil Xalqaro Nordik universitetida “UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi”ning 100 foizlik grant sohibiga aylanib, magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Hozirda Xalqaro Nordik universiteti nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlab kelmoqda.