IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA FAKULTETI

Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti Universitet boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha talabalarni oʻqitish, taʼlim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uygʻunlashgan holda olib borish, ilmiy kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yoʻnaltiriladi.
Fakultet, oʻz tarkibiga kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga taalluqli: “Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar” , “Pedagogika” “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish”, “Xorijiy tillar”, “Musiqa ta’limi”, “Psixologiya va maktabgacha ta’lim” kafedralarining oʻquv va ilmiy laboratoriyasini birlashtiradi.
Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kadrlar tayyorlaydi: Xalqaro biznes , Sanoat menejmenti, Iqitosodiyot , Moliya, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro Iqtisodiy munosabatlar, Boshlang’ich ta’lim, Maktabgacha ta’lim, Xorijiy til va adabiyoti, Maxsus pedagogika (logopediya), Musiqa ta’limi, Psixologiya (Amaliy psixologiya