Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika kafedrasi

2 xodimlar
Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika kafedrasi

Vazifalari

Xalqaro Nordik universitetining "Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika" kafedrasi 2024-yil 22-aprelda tashkil etilgan. "Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika" kafedrasi o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ustoz-shogird ishlari, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.

Hozirgi kunda Ijtimoiy fanlar va jurnalistika kafedrasida 4 nafar professor-o‘qituvchi va 1 nafar o‘quv-yordamchi xodim faoliyat olib bormoqda.


Kafedraning ustuvor maqsadlari raqobatbardosh va yuqori salohiyatga ega kadrlar tayyorlash, jamiyat uchun zarur bo‘lgan iqtidorli kadrlarni tarbiyalash, ijtimoiy-gumanitar fanlarni fanlarning eng so‘nggi yutuqlarini qo‘llagan holda o‘qitishga qaratilgan.


Kafedra bakalavriat bosqichida 2 ta ta’lim dasturlarini amalga oshiradi:

  1. Tarix60220300
  2. Jurnalistika60320100

Shuningdek, magistratura bosqichida 1 ta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • Jurnalistika70320101



Jurnalistika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun UzReport va Xalqaro Nordik Universiteti bilan hamkorlikda dual ta’lim imkoniyatlari yaratilgan. Ushbu yangi ta’lim dasturi, nafaqat zamonaviy jurnalistika va media sohalarida chuqur bilim olish, balki xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Xodimlar

Qodirov Najmiddin Ne'matovich
Kafedra mudiri

Qodirov Najmiddin Ne'matovich

Qodirov Najmiddin Ne'matovich Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kafedra mudiri, prorektor lavozimlarida ishlagan. 50 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 1 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 3 ta monografiya muallifi. “Oʻzbekiston tarixi”, “Falsafa”, “Oʻzbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi”, “Biznes huquqi”, “Global siyosat, migratsiya va notekis rivojlanish”, “Xalqaro siyosat va global xavfsizlik” kabi darslik va oʻquv qoʻllanmalaridan talabalar keng foydalanmoqda.Tadqiqot sohalari: XIX asrda Turkistonda taʼlim tizimi, Mustaqillik davrida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati.

Yuldashev Begzodjon Baxtiyorjon o'g'li
Ish yurituvchi

Yuldashev Begzodjon Baxtiyorjon o'g'li

Yuldashev Begzodjon Baxtiyorjon o’g’li 2023-yilda Qo’qon davlat pedagogika institutini bakalavr darajasi bilan tamomlab, hozirda Xalqaro Nordik Universitetining Ta’lim Muassasalari Boshqaruvi yo’nalishi bo’yicha 2-bosqich magistratura talabasi sifatida o’qimoqda. Ilmiy qiziqishlari ta’lim muassasalarini boshqarish, milliy g’oya va ma’naviyat asoslari ta’limiga qaratilgan. Rus va ingliz tillarini biladi. Kompyuter savodxonligi bo’yicha keng qamrovli bilimlarga ega. Shu bilan birga, 3 ta ilmiy maqola va tezislarni chop ettirgan. Maqsadi – ta’lim tizimining samaradorligini oshirish va zamonaviy boshqaruv usullarini tadbiq etish.