Moliya va rejalashtirish departamenti O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq buxgalteriya hisobini tashkil etishni ta' minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni nazorat qilish ishlarini amalga oshiradi.

Departament rahbari
Haydarov Abduvohidjon Nurmamat o'g'li
Iqtisodchi-buxgalter, Xalqaro Nordik universiteti moliya va rejalashtirish departamenti boshlig‘i. Xizmat ko‘rsatish, ishlab-chiqarish hamda sug‘urta ishi sohalarida ko‘p yillik tajribaga ega buxgalter. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura bosqichini tamomlagan. “INNO EDUCATION” o‘quv markazida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida “Xalqaro moliyaviy hisobot diplomi DipIFR” o‘quv kursini tamomlagan. 1С buxgalteriya dasturida to‘liq ishlay oladi, har qanday faoliyat turi bo‘yicha avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritadi.“UzASBO-2” dasturida ishlash ko‘nikmasiga ega.






Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring