Departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 — yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida universitetning barcha bo‘linmalari bilan birgalikda strategiyani ishlab chiqish, unda belgilangan vazifalar, chora-tadbirlami amalga oshirish va monitoringini yuritish;
- Shimoliy Yevropa mintaqalari, xususan Finlyandiyaning ilg‘or xorijiy tajribalarini tahlil qilish orqali talabalarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish; Ma’lumotlar bazalarini bo‘limlar aro elektron platformaga joylashtirish;
- Besh muhim tashabbus doirasida fakultet dekanati bilan birga talabalar uchun turli tadbirlar, xususan intellelktual musobaqalar, sayohatlar tashkil etish;
- Xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini monitoring qilish va baholashning ilg‘or mexanizmlarini joriy etish, talabalar bilan qaytar aloqaning samarali tizimini, shu jumladan tezkor aloqalarni, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarda onlayn so‘rovlarni tashkil qilish.


