Respublikamizda pedagog kadrlar tayyorlash tizimi yanada rivojlantiriladi

Respublikamizda pedagog kadrlar tayyorlash tizimi yanada rivojlantiriladi

February 07 , 2025

|

2215

Nordik universitetida Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti (OʻzFIPI) rektori va tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Respublika oliy taʼlim Kengashi huzurida kichik loyiha guruhlari faoliyat yurityapti. Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov pedagog kadrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirish ishlariga boshchilik qilmoqda. 


Nordik huzurida pedagogika sohasida kadrlar tayyorlayotgan oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va mutaxassislari bilan doimiy aloqa o‘rnatish, sohada mavjud muammolar bazasini shakllantirish bo‘yicha platforma tashkil etilmoqda.


Bugun kichik loyiha ishchi guruhi aʼzosi - O‘zFIPI rektori Shahzoda Negmatova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 


Uchrashuvda oliy taʼlim tizimida natijadorlikka erishish, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish, zamonaviy fikrlaydigan amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 18-20-noyabr kunlari Oliy Majlis palatalari majlislarida belgilangan strategik vazifalar o‘rganib chiqilib, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi. 


Oliy taʼlimda sifat ko‘rsatkichlariga erishish, o‘quv-meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqish va qabul parametrlarini shakllantirishda ish beruvchilar va mehnat bozori ehtiyojlarini to‘liq inobatga olish ustuvor vazifalar ekanligi taʼkidlandi. 


Pedagog kadrlar tayyorlashda oliygoh bitiruvchilari va mehnat bozori talabi o‘rtasida vujudga kelayotgan nomutanosibliklarni bartaraf etish, dual taʼlim, ilmiy-innovatsion faoliyatni zamon talablariga muvofiq tashkillash masalalarida ham so‘z bordi. Nordik universiteti ko‘magida pedagog kadrlarning malakasini oshirish, taʼlim safarlari tashkillab, xorijiy tajribalarni o‘rganishga kelishildi. 


Uchrashuvda pedagog kadrlar tayyorlashda oliygohlarda o‘zaro uyg‘un siyosat olib borish, kichik guruh barcha aʼzolarini jalb etgan holda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha konsepsiya takliflarini yanada boyitish xususida so‘z bordi. 


Kichik guruh faoliyati doirasida pedagog kadrlar salohiyati va kasbiy mahoratini oshirish orqali kelgusida maktablar taʼlimini yangi sifat bosqichiga olib chiqish chora-tadbirlariga eʼtibor qaratilmoqda. 


Zero, yoshlar ong-u tafakkurida milliy g‘urur va umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish, ularni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari, ilm-fan, IT texnologiyalar bilimdoni etib tarbiyalash har jihatdan pedagoglar mahorati va kasbiy ko‘nikmalarga egaligiga bog‘liqdir.

Artboard-4-38
Ko‘rib chiqish
1212
Ko‘rib chiqish
Artboard-3-39
Ko‘rib chiqish
Artboard-6-35
Ko‘rib chiqish
Artboard-5-38
Ko‘rib chiqish