O‘zbekiston 24 | Carnegie R1 darajasidagi hamkorlik: Toshkentdan Vashingtongacha ilmiy ko‘prik qurildi!

O‘zbekiston 24 | Carnegie R1 darajasidagi hamkorlik: Toshkentdan Vashingtongacha ilmiy ko‘prik qurildi!

February 23 , 2026

|

1831

Anthony Lowman — AQShdagi nufuzli "top-10" talikdagi davlat tadqiqot oliygohi, Carnegie R1 maqomiga ega Rowan Universityʼning ilk kansleri, ikki karra Edison (New Jersey) mukofoti sovrindori — “Yil o‘qituvchisi – 2024” va “Edison patent mukofoti – 2022” laureati “Tahlilnoma” dasturida muhim intervyu berdi.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi Xalqaro Nordik universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik — amaliy natijaga yo‘naltirilgan ilmiy qadam. 


Nordic — Rowan (https://www.rowan.edu/) hamkorligida ochilgan xalqaro markazda talabalar:

➖ ikki tomonlama diplom dasturlari orqali ikki universitet diplomini qo‘lga kiritish;

➖ Toshkentdagi markazda tahsil olib, AQShdagi ta’lim muhitiga yo‘l olish;

➖ ilmiy izlanishlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvi orqali global tajribaga ega bo‘lish imkoniyatiga erishadilar. 


“Mamlakatlar va xalqlarni hamkorlikka chorlaydigan har qanday tashabbus ijodiy natija beradi”, — deydi doktor Lowman.

Bu tashrif — nafaqat diplomatik muloqot, balki ilmiy integratsiya, innovatsion tafakkur va yoshlar uchun global imkoniyatlar maydonidir."


Kuz mavsumida dasturga qiziqish yanada oshishi kutilmoqda. Bu esa O‘zbekiston–AQSh ilmiy hamkorligining yangi bosqichga chiqayotganidan dalolat.