Talabalar uchun motivatsion trening tashkil etildi

Talabalar uchun motivatsion trening tashkil etildi

October 20 , 2022

|

557

"Dofamin, ya'ni baxt garmoniga to‘lib-toshgan insonlargina ilm olishda, ishda, jamiyatda eng yaxshi natijalarga erishadilar"

Universitet dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Nigoraxon Shomurodova talabalarga zamonaviy pedagogning xususiyatlari borasida qiziqarli motivatsion trening o‘tkazdi. Treningda tajribali psixolog-konsultant pozitiv obraz, ya'ni ijobiy qiyofa yaratish sirlari bilan bo‘lishib, o‘z-o‘zini "tinglash" orqali anglash, yoqimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish, insonlarga tabassum ulashish, salomlashish, sog‘ingan insonlarini ko‘rib shodlanish va boshqa ko‘plab baxt garmonlariga sabab bo‘luvchi omillarga to‘xtaldi. Talabalar ishtirokida o‘tkazilgan qiziqarli psixologik o‘yinlar orqali yoshlardagi muammolar aniqlab olinib, yechimlar bo‘yicha bilimlar berildi.

Chop etish

So'nggi yangiliklar

“Jaholatga qarshi ma’rifat” — ong va tafakkur uchun muhim muloqot

“Jaholatga qarshi ma’rifat” — ong va tafakkur uchun muhim muloqot

Talaba-yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, ularni turli zararli g‘oya va mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.


Tadbir mehmoni — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Abdug‘affor Qayumov talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi.


Uchrashuv davomida jaholat va radikalizmning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi, yoshlar ongini yot g‘oyalardan asrash yo‘llari, ilm-fan va tafakkurning hal qiluvchi o‘rni, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik masalalari keng muhokama qilindi. 


Savol-javoblarga boy, interaktiv ruhdagi suhbat talabalarda tanqidiy fikrlashni kuchaytirib, sog‘lom dunyoqarashni mustahkamladi.

Yoshlar siyosati: kelajakni bugundan qurish mas’uliyati

Yoshlar siyosati: kelajakni bugundan qurish mas’uliyati

"Xalq so‘zi" gazetasining bugungi sonida “Aks-sado” ruknida e’lon qilingan maqolada Ko‘ksaroy qarorgohida Prezidentimizning yoshlar bilan muloqoti doirasida ko‘tarilgan masalalar chuqur va tizimli tahlil etilgan. 


Maqolada yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari — ta’lim sifati, bandlikni ta’minlash, innovatsion fikrlashni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik muhitini kengaytirish, jismoniy sog‘lomlik va ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash masalalari keng yoritilgan.


Raqamlar ortidagi natijalar, mavjud holat va istiqbol o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib berilgan. 


Har yili mehnat bozoriga kirib kelayotgan yuz minglab yoshlar — bu ulkan imkoniyat. Ammo ayni paytda bu puxta reja, aniq strategiya va mas’uliyatli boshqaruvni talab etuvchi dolzarb vazifadir.


Bugun qanday yangi islohot va tashabbuslar ilgari surilmoqda?Taraqqiyot formulasi qanday tuziladi? Sifat, mazmun va natija uyg‘unligini ta’minlashda ta’lim rahbarlari zimmasiga qanday vazifalar yuklanadi?


Muallif ta’kidlaganidek:

“Yangi O‘zbekistonda xalq osuda tong orttirishi uchun rahbarning vijdoni ham, mas’uliyati ham bedor bo‘lishi shart.”


📌 Batafsil — "Xalq so‘zi"ning 27-fevral sonida.


Muallif: Sherzod Mustafakulov — Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor.

Universitet Kengashining 2-son yig‘ilishi o‘tkazildi

Universitet Kengashining 2-son yig‘ilishi o‘tkazildi

Kengashda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalasiga eʼtibor qaratildi.


Milliy reyting indikatorlari asosida kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, akademik faoliyat sifati, ilmiy-tadqiqot natijalari, xalqaro hamkorlik darajasi, bitiruvchilarning bandligi hamda raqamlashtirish ko‘rsatkichlari universitetning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillar sifatida e’tirof etildi.


Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarini zamonaviy axborot tizimlari asosida tashkil etish masalasi ham keng muhokama qilindi. Yagona raqamli portfolio tizimini yo‘lga qo‘yish orqali pedagoglarning kasbiy rivojlanishini kuzatish, ilmiy va metodik faoliyat natijalarini tizimli jamlash hamda attestatsiya jarayonlarining shaffofligini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Mazkur tashabbus universitet boshqaruvida raqamli transformatsiya jarayonining mantiqiy davomidir. 


Shuningdek, universitetning nufuzli global reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash masalasi ham e’tibor markazida bo‘ldi. Ilmiy maqolalar soni va ularning iqtiboslilik darajasini oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, xorijiy professor-o‘qituvchilar ulushini ko‘paytirish hamda ta’lim jarayonini to‘liq raqamlashtirish kabi vazifalar belgilab olindi.


Kengashda Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi qoshida xalqaro elektron ilmiy jurnalni ta’sis etish tashabbusi ham qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur loyiha sanoat menejmenti, raqamli iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni ommalashtirish, xalqaro mualliflar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda universitetning ilmiy brendini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Kun tartibidagi turli masalalar — o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish, shuningdek, akademik jarayonlar bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ko‘rildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.


Kengash yakunida bir guruh ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar topshirildi. Tug‘ilgan kun egalari samimiy tabriklandi!

Digital himoya — kuchli karyera

Digital himoya — kuchli karyera

 “Kiberxavfsizlik asoslari: tarmoq va tizim administratorligi”. 


🎤 Mehmon-speaker:

• Sohibxo‘ja Saidmurodov — ilm.uz IT Akademiyasi direktori, (SysAdminX) — NetAdmin mutaxassis, mentor va amaliyotchi ekspert.


🔥 Uchrashuvda: 


📡 Kiberxavfsizlik tushunchasini anglash

🔐 SysAdminlik sohasining ahamiyati

💰 Mutaxassislarga talab va o‘rtacha maosh

🚀 IT sohasida karyerani noldan boshlash bo‘yicha yo‘l xaritasi

🧠 Mentor bilan ochiq savol-javob va networking imkoniyati mavjud. 


📅 27-fevral | 14:00

📍Manzil: 3-bino, 102-xona. 


🔥 IT karyera trend emas — ehtiyoj! Faol qatnashing!

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish