Raqamli transformatsiya sari: Nordikda ODOO workshoplari

Raqamli transformatsiya sari: Nordikda ODOO workshoplari

October 09 , 2025

|

848

ODOO kompaniyasi vakillari ishtirokida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-amaliy workshop bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, ODOO kompaniyasining maslahatchisi Tatyana Kim va funksional ta’lim jamoasi rahbari Naseraldin Kayemah ishtirok etdilar.


Raqamli transformatsiya markazida talabalar uchun “E-commerce” va “Trading” bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularga biznes jarayonlarini raqamli platformalarda boshqarish, mijozlar bilan onlayn ishlash va CRM tizimlaridan foydalanish ko‘rsatib berildi.


Professor-o‘qituvchilar uchun o‘tkazilgan seminar esa raqamli ta’lim muhiti, elektron savdo tizimlari va biznes-analitika vositalariga bag‘ishlandi. Tadbir O‘zbekiston ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.


Mehmonlar universitet infratuzilmasi bilan tanishtirilib, hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelgusida raqamli iqtisodiyot, biznesni avtomatlashtirish va e-commerce yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirishga kelishildi.


photo-2025-10-09-21-47-00-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-09-21-47-01-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-09-21-47-01-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-09-21-47-01-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-09-21-47-01-5
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-09-21-47-02
Ko‘rib chiqish