Bilim, do‘stlik va yangi imkoniyatlar: Nordic International School’da yangi o‘quv yili boshlandi!

Bilim, do‘stlik va yangi imkoniyatlar: Nordic International School’da yangi o‘quv yili boshlandi!

September 03 , 2026

|

54

Nordic International School’da yana bolalarning quvonchli ovozlari yangrab, sinfxonalarda yilning ilk darslari boshlandi.

Maktabda ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan cheklanilmaydi. O‘quvchilarning mustaqilligi, o‘ziga ishonchi, ijodkorligi, jamoada ishlash qobiliyati, qat’iyati va yuksalishga intilishini rivojlantirish ta’lim jarayonining muhim qismlaridan biridir.

O‘quvchilarga xalqaro hamda O‘zbekiston davlat ta’lim dasturlari asosida bilim berilib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va xorijiy o‘qituvchilar ishtirokidagi mashg‘ulotlar orqali ularning dunyoqarashi kengaytiriladi. Har bir o‘quvchiga individual yondashuv esa ularning qiziqishi, salohiyati va rivojlanish sur’atini eʼtiborga olish imkonini beradi.

Maktabda o‘quvchilar izlanish, savol berish, ochiq fikrlash, mas’uliyatni his qilish, bilimga intilish va o‘z faoliyatini tahlil qilish kabi muhim hayotiy ko‘nikmalarni ham egallab boradilar.

Maqsad oddiy — bugungi o‘quvchini ertangi global dunyoda o‘z o‘rnini topa oladigan, mustaqil fikrlaydigan va mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalash.

Yangi o‘quv yili Nordic’da ko‘tarinki kayfiyat, ezgu tilaklar va katta maqsadlar bilan boshlandi.

O‘quvchilar ilk darslariga quvonch va hayajon bilan kirdilar.

Yangi o‘quv yili muborak, Nordic oilasi! Yangi bilimlar va yangi marralar sari olg‘a!

photo-2026-09-02-15-14-32-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-02-15-14-33
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-02-15-14-34-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-02-15-14-33-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-02-15-14-33-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-02-15-14-34
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-02-15-14-35
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-02-15-14-35-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-02-15-14-35-3
Ko‘rib chiqish