Nordikda diplomatik uchrashuv: yangi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Nordikda diplomatik uchrashuv: yangi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

September 15 , 2026

|

154

Xalqaro Nordik universitetida Daniya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Lars Thuesen hamda uning maslahatchisi Marius Klansø bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Nordik universiteti rahbariyati tomonidan universitetning ta’lim salohiyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari, Nordik davlatlari bilan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Muloqot davomida tomonlar ta’lim, turizm va investitsiyalar, biznes sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalarida fikr almashdilar.

Uchrashuvda Daniya davlati kompaniyalari, tashkilotlari va universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi imkoniyatlarni o‘rganish istiqbollariga ahamiyat qaratildi.

Foto galereya

3
photo-2026-09-15-14-50-58
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-15-14-49-41-3
Ko‘rib chiqish
7-41
Ko‘rib chiqish