Fakultet hayoti

TOEFL Experience Day & International Study Fair — xalqaro imkoniyatlar taqdim etilmoqda
O‘qituvchilar, ta’lim mutaxassislari va talabalar uchun nufuzli forum o‘tkazilmoqda.
Ekspertlar tomonidan TOEFL va GRE kabi xalqaro testlarning zamonaviy baholash mexanizmlari, ta’lim imkoniyatlari va chet elda o‘qish yo‘llari, akademik rivojlanish va sertifikatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etilmoqda.
Eng quvonarlisi, aynan mana shu katta platformada Nordik talabalari ham faol!
👏 Mashhura, Farzona, Xusniya, Zelif va Muslimaxon ushbu yirik tadbirda volontyor koordinatorlar sifatida ishtirok etib, jarayonni boshqarishda o‘z salohiyatlarini namoyon etmoqdalar.
Ular bilan faxrlanamiz!



So'nggilari

Bu galgi uchrashuvda talabalar Fahrenheit 451 asari yuzasidan chuqur va mazmunli muhokamalarda ishtirok etishdi.

Maxsus pedagogika yo‘nalishi 2-kurs talabalari Gulsora Abduqunduzova va Nozima Aminova ilm-fan olamiga o‘z izlanishlari bilan kirib kelmoqdalar.

KI-24 guruhining faol va intiluvchan talabalari Jahongir Ziyodullayev hamda Sardorbek Nurmatov yana bir muhim bosqichni muvaffaqiyat bilan yakunlashdi!

Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan anjumanda Nordik turli millatlar madaniyati jamlangan noyob maydonga aylandi.