Nordik Talk: gapirish vaqti keldi

March 27, 2026
56

Nordikda ilk bor o‘tkazilgan Nordic Talk loyihasida talabalarning fikri, ovozi va dadil qarashlari kashf etildi!

Ushbu innovatsion akademik platforma Chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi Durdona Azizova va dekan o‘rinbosari Zafar Uralboyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yildi.

Nordik ta’lim qadriyatlariga uyg‘un loyihaning maqsadi kreativ tafakkurni uyg‘otish, nutq taʼsirchanligini oshirish va eng muhimi, o‘z fikrini erkin, dadil ayta oladigan yetakchi yoshlar safini kengaytirib borishdir. 

Talabalar ingliz tilida o‘z hayotiy tajribalari va qarashlariga asoslangan nutqlar bilan chiqish qilib, tomoshabinlarni o‘ylantirib ham qo‘ydilar. 

G‘oliblar bilan tanishamiz:

✨ Eng yaxshi spiker — Elvira Abdumalikova, “Biz qo‘llab-quvvatlayotgan kontent, biz yaratayotgan hamjamiyat”

✨ Eng ilhomlantiruvchi nutq — O‘g‘iloy Kubayeva, “Haqiqatan fikrlayotgan kim? Sizmi yoki sizning miyangiz?”

✨ Eng yaxshi g‘oya — Nodirabegim Xamidova, “Zerikishning ahamiyati”

Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan, g‘oliblar esa diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi va bu faqat boshlanishi! Nordic Talk — yangi g‘oyalar, yangi ovozlar va yangi liderlarni kashf etishda davom etadi.

photo-2026-04-01-10-41-05
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-01-10-41-08
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-01-10-41-13
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-01-10-41-17
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-01-10-41-22
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-01-10-41-25
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-01-10-41-29
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-01-10-41-32
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-01-10-41-38
Ko‘rib chiqish