Fakultet hayoti

Nordik Talk: gapirish vaqti keldi
Nordikda ilk bor o‘tkazilgan Nordic Talk loyihasida talabalarning fikri, ovozi va dadil qarashlari kashf etildi!
Ushbu innovatsion akademik platforma Chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi Durdona Azizova va dekan o‘rinbosari Zafar Uralboyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yildi.
Nordik ta’lim qadriyatlariga uyg‘un loyihaning maqsadi kreativ tafakkurni uyg‘otish, nutq taʼsirchanligini oshirish va eng muhimi, o‘z fikrini erkin, dadil ayta oladigan yetakchi yoshlar safini kengaytirib borishdir.
Talabalar ingliz tilida o‘z hayotiy tajribalari va qarashlariga asoslangan nutqlar bilan chiqish qilib, tomoshabinlarni o‘ylantirib ham qo‘ydilar.
G‘oliblar bilan tanishamiz:
✨ Eng yaxshi spiker — Elvira Abdumalikova, “Biz qo‘llab-quvvatlayotgan kontent, biz yaratayotgan hamjamiyat”
✨ Eng ilhomlantiruvchi nutq — O‘g‘iloy Kubayeva, “Haqiqatan fikrlayotgan kim? Sizmi yoki sizning miyangiz?”
✨ Eng yaxshi g‘oya — Nodirabegim Xamidova, “Zerikishning ahamiyati”
Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan, g‘oliblar esa diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi va bu faqat boshlanishi! Nordic Talk — yangi g‘oyalar, yangi ovozlar va yangi liderlarni kashf etishda davom etadi.









So'nggilari

Jonli ijro, yorqin atmosfera va sevimli taronalar uyg‘unlashgan ushbu konsert haqiqiy musiqa bayramiga aylandi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar rus tilida erkin muloqot qilish, turli mavzularda fikr almashish hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Talabalar uchun "Teatr tomoshalari haftaligi" doirasida O‘zbekiston Davlat Satira teatrida tashrif uyushtirildi.

Maxsus pedagogika (logopediya) yo‘nalishi 2–3-bosqich talabalari Shayxontohur tumanidagi 41-maktabda amaliyot o‘tadilar.