Sinov jarayonlari 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit, 08.00.13 — Menejment, 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha), 13.00.01 — Pedagogika nazariyasi, pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosliklari bo‘yicha suhbat asosida tashkil etildi.
Mazkur jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq tashkillandi.
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha suhbat natijalariga ko‘ra quyidagi talabgorlar mustaqil izlanuvchilikka tavsiya etildilar:
Qulmetov Mansurbek Ro‘zmatovich — 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit (DSc);
Kattayev Odilbek Serkayevich — 08.00.13 — Menejment (PhD);
Xaberdiyeva Mumtoza Ruslanovna — 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD);
Tashpulatova Mufazzal Ravshanbekovna — 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD).
Mustaqil izlanuvchilar jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish, yangi g‘oyalar yaratish va ilmiy maktabni boyitish yo‘lida ilmiy faoliyatga kirishdilar.























