Xalqaro ekspert Odilbek Kattayev “Napkin AI: O‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun innovatsion vizualizatsiya vositasi sifatida” mavzusida trening o‘tkazdi.
Ishtirokchilar Napkin AI platformasidan foydalanish, taqdimot va ilmiy ishlarni vizuallashtirish usullari bilan tanishib, amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdi.
Shuningdek, doktorantlar Ruslan Shodmonov, Islombek Axmedov, Dilmurod Parpibayev va Shahnoza Yaxshiboyeva o‘z ilmiy faoliyatlari bo‘yicha erishgan natijalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Seminarda yosh olimlarga doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash, mutaxassislik bo‘yicha chuqur izlanish olib borish hamda hisobotlar tayyorlash mezonlari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. O‘qishning birinchi yilida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, hisobotlar taqdim etish mezonlari bilan tanishtirildilar.


























