O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining rasmiy nashrlari — “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalarining 35 yillik faoliyati misolida milliy jurnalistikaning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy axborot muhitidagi vazifalari tahlil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, “Ishonch” va “Ishonch — Доверие” gazetalari bosh muharriri Xusan Ermatov moderatorligida o‘tgan konferensiyaning asosiy sessiyasida gazetalarning tarixiy tajribasi, parlament faoliyatini yoritish usullari, tahririyatlar mas’uliyati va professional standartlar muhokama markazida bo‘ldi.
“Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalari bosh muharriri O‘tkir Rahmatov mustaqillik davri matbuotining shakllanishi va rivojlanishida ushbu nashrlarning o‘rni haqida ma’ruza qildi. Unda an’anaviylik, zamonaviylik va yangicha nigoh uyg‘unligi masalalariga e’tibor qaratildi.
Qirg‘izistonning “Qirg‘iz tuusu” gazetasi bosh muharriri Almaz Kulmatov parlament faoliyatini yoritish borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. “Egemen Qazaqstan” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Adiljan Banu esa zamonaviy media makonida siyosiy nashrlarning raqobatbardoshligini ta’minlash masalasini yoritdi.
Iqtisodiy jurnalistika, parlament nashrlarining iqtisodiy publitsistika rivojidagi roli, media matnning inson tafakkuriga pragmatik ta’siri hamda raqamli transformatsiya sharoitida professional standartlarni saqlash masalalari ham alohida muhokama qilindi. Jumladan, Said Rahmonov, Xojarbibi Ataboyeva va Malika Axmedovalarning ma’ruzalari iqtisodiy tahlil, media ta’siri va jurnalistik kasb mezonlariga bag‘ishlandi.
Xorijiy davlatlardan kelgan olimlar va jurnalistlarning tajribalari bilan tanishish ishtirokchilarga milliy jurnalistika rivojini xalqaro amaliyot bilan qiyoslash, ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish va o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish uchun zamin yaratdi.
Konferensiyada jurnalistik etika, xolislik, axborot uchun mas’uliyat, davlat va jamiyat hayotidagi islohotlarni tahliliy yoritish, media savodxonlik, kadrlar tayyorlash, “Ustoz — shogird” an’analarini rivojlantirish hamda bosma nashrlar, internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘tarildi.
Yuksak saviyada o‘tgan anjuman davomida “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalarining bir guruh xodimlarini O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zoligiga qabul qilish hamda ularga a’zolik guvohnomalarini topshirish marosimi o‘tkazildi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 35 yillik tarixga nazar tashlash bilan birga, milliy jurnalistikaning institutsional salohiyatini mustahkamlash, professional mezonlarini rivojlantirish va raqamli davr talablariga mos ravishda takomillashtirish yo‘lidagi muhim tajriba almashuv maydoni bo‘ldi.
Yangiliklar
Raqamli davr jurnalistikasi: tajriba, tahlil va professional mezonlar

October 29 , 2026
92
“Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalarining 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada parlament jurnalistikasi, xalqaro tajriba, media transformatsiyasi va jurnalist kasbining zamonaviy talablari atroflicha muhokama qilindi.
Foto galereya
9
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish
So‘nggi yangiliklar
“Xalq so‘zi” va “Народное слово”: 35 yillik tarix, milliy jurnalistika va mas’uliyat mezonlari
Dolzarb tahlil: Nordik magistrantlari xalqaro tajribalarni o‘rganmoqda
Yaponiya bilan akademik hamkorlik: ta’limda yangi imkoniyatlar va istiqbollar
Nordikda ilmiy izlanishlar samarasi: navbatdagi ikki dissertatsiya himoya qilindi
Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring