Nagoya—O‘zbekiston Do‘stlik uyushmasi direktori, Nagoya shahridagi Kinjo Gakuin universiteti professori hamda Nagoya universiteti Huquqshunoslik fakultetining Campus Asia dasturi lektori Umidaxon Ashurova bilan uchrashuvda uning xalqaro akademik tajribasi bilan tanishildi.
Uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi hamkorlikni tizimli va amaliy bosqichga olib chiqishga qaratilgan bir qator istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston — Yaponiya akademik forumini tashkil etish — ikki mamlakat olimlari, tadqiqotchilari va ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy muloqot hamda tajriba almashinuvini kengaytirish, Akademik konsultantlik tizimini joriy etish — magistratura va doktorantura talabalari, shuningdek, mustaqil izlanuvchilarni ilmiy izlanishlar, tadqiqot metodologiyasi va akademik rivojlanish masalalarida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik masalalarida so‘z bordi.
Professor-o‘qituvchilar uchun 144 soatlik xalqaro malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish — Yaponiya ta’lim tajribasi, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va ilg‘or akademik amaliyotlarni o‘rganish bo‘yicha hamkorlikka kelishildi.
Talabalar uchun xalqaro loyihalar va grant imkoniyatlarini kengaytirish — yoshlarning ilmiy salohiyati, tashabbuskorligi va xalqaro tajribasini rivojlantirish, Summer School — yozgi akademik maktablar tashkil etish — talabalar va yosh tadqiqotchilarning xalqaro ta’lim muhitida bilim, tajriba va kasbiy kompetensiyalarini oshirish yuzasidan ham takliflar almashildi.
Yangiliklar
Yaponiya bilan akademik hamkorlik: ta’limda yangi imkoniyatlar va istiqbollar

October 27 , 2026
36
Xalqaro Nordik universitetida Yaponiya ta’lim delegatsiyasi bilan muhim uchrashuv tashkil etildi.
Foto galereya
3
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring