Tadbirda senatorlar, deputatlar, davlat boshqaruvi organlari vakillari, jurnalistlar, media sohasi mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va xorijiy mehmonlar hamda Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati va jamoasi ishtirok etdilar.
Tantanali ochilish marosimida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilovning markaziy milliy nashrlarimiz rahbariyati va jamoasiga yo‘llagan tabriklari va eʼtiroflari o‘qib eshittirildi.
Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov va faxriy mehmonlarning tabrik so‘zlari tinglandi.
Konferensiya “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalarining 35 yillik faoliyatini sarhisob qilish, milliy jurnalistikada tutgan o‘rnini ilmiy va amaliy jihatdan baholash, boy tahririyat tajribasini o‘rganish hamda sohaning kelgusi taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qildi.
1991-yil 1-yanvardan muntazam nashr etilib kelinayotgan mazkur gazetalar mustaqil O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy hayotini yoritib kelayotgan nufuzli rasmiy axborot manbalaridan hisoblanadi.
Mamlakat taraqqiyotining turli bosqichlarida ular davlat va jamiyat hayotidagi muhim jarayonlar, qonunchilikdagi yangiliklar, islohotlar mazmuni hamda fuqarolar manfaatlariga daxldor masalalarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim o‘rin tutgan.
Bugun axborot oqimi tezlashib, raqamli platformalar va sun’iy intellekt media sohasiga tobora chuqur kirib kelayotgan bir paytda, an’anaviy jurnalistikaning ishonchli axborot manbai sifatidagi ahamiyati yanada ortmoqda. Shu ma’noda, konferensiya nafaqat o‘tgan 35 yillik faoliyat sarhisobi, balki milliy jurnalistikaning kelajagi, professional mas’uliyat va axborotga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan muhim muloqot maydoniga aylandi.
Yangiliklar
“Xalq so‘zi” va “Народное слово”: 35 yillik tarix, milliy jurnalistika va mas’uliyat mezonlari

October 29 , 2026
24
“Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalari tashkil topganining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Xalq so‘zi" va "Народное слово" fenomeni: milliy jurnalistikada institutsional kuch va professional mezonlar maktabi" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Foto galereya
9
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring