Yig‘ilishda belgilangan vazifalarni universitet faoliyatiga samarali tatbiq etish, taʼlim jarayonini takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy taʼlim talablariga mos yondashuvlarni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
“Ustozni eʼzozlash — bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini eʼzozlashdir.”
Shavkat Mirziyoyev
Shuningdek, muhim yangilik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy taʼlim tizimida vijdonan faoliyat yuritib, yosh avlodga sifatli taʼlim berish, taʼlim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shish va kasbiy fidoyiligi bilan namuna bo‘lib kelayotgan soha vakillari “Oliy taʼlim aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, ushbu yuksak eʼtirof Nordik jamoasining uch nafar vakiliga nasib etdi.
Uzoq yillik pedagogik va ilmiy tajribasi bois Xalqaro Nordik universiteti prorektori, professor Muhammadsiddiq Amonboyev, kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori Munis Abdullayev
“Oliy taʼlim aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Nufuzli mukofotlarni universitet rektori tantanali topshirdi va Nordik jamoasi esa ustozlarni ushbu munosib eʼtirof bilan samimiy qutlab, ularga ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi zafarlar tiladilar.
Nordikning iqtidorli talabasi, amaliyotchi-muhandis, “Kelajak muhandislari” respublika tanlovi g‘olibi Eʼzoza Ortiqova ham “Oliy taʼlim aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Eʼzozaning bu yutug‘i universitetdagi ustoz-shogird anʼanalarining natijasi, yoshlarning bilim, amaliy ko‘nikma, tashabbus va muhandislik tafakkurini birlashtirgan holda katta natijalarga erisha olayotganining yorqin namunasidir.
Mukofot muborak bo‘lsin!











Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring