Nordikning xalqaro akademik xaritasi: Xitoy yönalishida yangi memorandum

Nordikning xalqaro akademik xaritasi: Xitoy yönalishida yangi memorandum

November 18 , 2026

|

10

Xalqaro Nordik universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon muhandislik instituti (Xinjiang Institute of Engineering) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Muzokaralarda ta’lim, ilm-fan, akademik mobillik va tajriba almashinuvi istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, Double Degree, ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro akademik tadbirlarni birgalikda tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

1958-yilda tashkil etilgan, Urumchi shahrida joylashgan Shinjon muhandislik instituti muhandislik, energetika, IT, iqtisodiyot va boshqaruv yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. Uning amaliy tadqiqotlar, texnologik innovatsiyalar va sanoat bilan integratsiyalashgan tajribasi hamkorlik uchun muhim salohiyat yaratadi.

Tashrif yakunida ikki universitet o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Istiqbolli muzokara va memorandum ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi kutilmoqda.

Foto galereya

3