⚡️ Nordik talabalariga xalqaro turizm maydonida yangi imkoniyat!
Xalqaro Nordik universitetiga SAIPRO GROUP kompaniyasi rahbari Ravshanxon Jo‘rayev tashrif buyurib, Turizm yo‘nalishi talabalari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida talabalar Bo‘stonliq tumanidagi Green Hills Resort hududida joylashgan, Finlandiya Laplandiyasi ruhini O‘zbekistonda mujassam etgan Santa Klaus parki loyihasi bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuvda Nordik talabalariga loyihaning keyingi rivojlanish jarayonlarida bevosita ishtirok etish taklifi berildi. Jumladan, Santa Klaus parkini Markaziy Osiyo davlatlarida targ‘ib qilish, xorijiy sayyohlarni jalb etish va xalqaro marketing faoliyatida qatnashish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bu talabalar uchun biznes muhitida o‘zini sinash imkoniyati!
Loyiha doirasida talabalar xalqaro marketing va mijozlar bilan ishlash tajribasini egallaydi, turistik mahsulotlarni targ‘ib qilish va savdo ko‘nikmalarini rivojlantiradi, professional aloqalar o‘rnatib, amaliy tajriba orttiradi. Muhimi loyihada ishtirok etish orqali qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Nega aynan Santa Klaus parki?
2024-yil 10-dekabrda ochilgan maskan Finlandiyaning mashhur Laplandiya muhitini O‘zbekistonga olib kirgan o‘ziga xos turistik loyihalardan biridir. Bu yerda Laplandiyadan keltirilgan Santa Klaus uyi, interaktiv tomoshalar va Finlandiya madaniyatini aks ettiruvchi muhit uyg‘unlashgan.
Yangiliklar
Nordik talabalariga xalqaro turizm maydonida yangi imkoniyat!

November 18 , 2026
12
Nordik talabalariga xalqaro turizm maydonida yangi imkoniyat!




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring