Yangiliklar
XNU delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilayotgan ICLEI Sharqiy Osiyo hisobot sessiyasida ishtirok etishmoqda

December 17 , 2024
121
Xalqaro hamkorlik
ICLEI xalqaro tashkiloti va Seul shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Capacity building Program” (Salohiyatni oshirish dasturi) doirasida o‘tkazilayotgan sessiyada kelajakda hamkorlik uchun muhim sohalar aniqlab olinmoqda.
Muzokaralarda Seulning Uglevodsiz yashil o‘sish va barqaror rivojlanish bo‘yicha rejalari bilan tanishilib, keng muhokama etildi. Shuningdek, O‘zbekiston shaharlarining uglerod neytralligi borasidagi muammolarini hal qilish masalasiga e'tibor qaratilmoqda.
Sessiya doirasida mahalliy iqlim bo‘yicha harakatlarni kuchaytirish, potensial sohalar va ularda faoliyatni yanada chuqurlashtirish kabi dastur bilan bog‘liq mavzularda muhokamalar o‘tkazilyapti.
So'nggi yangiliklar

Savdo san’ati: kelajagingiz uchun investitsiya!
Ushbu kitobda:
• Xalqaro va mahalliy savdo
• Xaridorga qiymat yaratish texnikalari
• Real keyslar, testlar va amaliy topshiriqlar
• Raqamli savdo va masofaviy muzokaralar
• Tadbirkorlar va talabalarga zarur maslahatlar mavjud.
Darslikda qayd etilgan bilimlar muvaffaqiyatli kelishuvlar uchun asos bo‘la oladi. Talabalar, tadbirkorlar, o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarga o‘qish tavsiya etiladi (mualliflar - Gulchehra Xusanova, Usmonjon Habibjonov).
Savdoni o‘rganing va kelajagingizga sarmoya kiriting!

Nordikdan AQShgacha — bilim, bayram va birdamlik!
Amerikada zo‘r yangilik: O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Nordik universiteti hamkorligida Navro‘z Lourens universitetida katta bayramga aylandi! O‘zbekistonlik talabalarimiz o‘zbekona urf-odatlarni faxr bilan namoyish etishdi, turli millat vakillarini bir sahnada birlashtirishdi.
"Xalq so‘zi" gazetasi universitet rektori Sherzod Mustafakulov muallifligidagi "Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim va mas'uliyatli qadamlar" maqolasi orqali bu voqeani o‘z sahifalariga olib chiqdi .
Bugungi son — albatta o‘qishga arziydi!

Zakovat maydonida – magistrantlar
G‘oliblar bilan faxrlanamiz!
🥇 "Marvel" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)
🥈 "Justice League" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)
🥉 "Maestro" jamoasi (Musiqa ta’limi va san’at).
O‘yinning har bir daqiqasi sinov, har bir to‘g‘ri javob g‘alaba sari qadam bo‘ldi. Qizg‘in o‘yin, topqirlik, tezkorlik va hamjihatlik uchun barcha ishtirokchi jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz!

Toshkent – parlament diplomatiyasining markazi!
"Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati" — sessiyaning bosh mavzusi bo‘lib, parlamentlararo hamkorlik va adolatli jamiyat qurilishi yo‘lida muhim fikr almashuvlarga sabab bo‘ldi. Sessiya yakunida esa "Toshkent deklaratsiyasi" qabul qilindi!
Xalqaro Nordik universiteti Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Oybek Qulmamatov sessiyada Zambiya delegatsiyasiga tarjimon sifatida biriktirilib, xalqaro darajadagi muloqotda faol ishtirok etdi.
9-aprel kuni Zambiya delegatlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xushvaqt Haitov bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazib, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Parlamentlararo ittifoqning assambleyasi O‘zbekistonning dunyo parlamentarizmidagi yetakchiligini namoyon etdi. Ustozlarimiz tomonidan talabalarga bu muhim tarixiy jarayonlar mohiyati yetkazilmoqda.