Universitet kengashining 4-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Universitet kengashining 4-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

March 24 , 2025

|

910

Xalqaro Nordik universitetining navbatdagi 4-son kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

AQShning Rovan universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va XNU huzurida Rovan universiteti Toshkentdagi markazining rasmiy ochilish marosimiga tayyorgarlik bo‘yicha vazifalar belgilandi. Kengash qaroriga ko‘ra, Rovan universiteti Prezidenti Ali Xushmandga universitetning Faxriy professori ilmiy unvoni berish masalasi muhokama qilindi. 


Kengashda 2024-2025-o‘quv yili davomida kafedralar faoliyatini kompleks o‘rganish masalasi ko‘rilib, muntazam monitoringdan o‘tkazish rejalashtirildi.


Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilarini malaka oshirishga safarbar etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.


Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan adabiyotlar kengash tomonidan ko‘rib chiqildi va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yuqori baholandi.


Kengash kun tartibidagi masala - “Ma’rifat soati” darslarini yuqori saviyada tashkil etish va mazmunini boyitish, islohotlar, dunyodagi siyosiy vaziyat bo'yicha "Zakovat", debat va brain bo‘yicha qator takliflar bildirildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish va jarayonlarda ularning ishtirokini taʼminlash maqsadida "Maʼrifat darslari"ga puxta hozirlik ko‘rish chora-tadbirlari belgilandi. 


Kengash yig‘ilishida XNU rektori Sherzod Mustafakulov prorektor Muhammadsiddiq Amonboyeyga professorlik, Pedagogika kafedrasi mudiri Dilafruz Miraliyeva, Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi mudiri Xasan Sabirov va Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiri Dilshod Nasriddinovga dotsentlik diplomlarini taqdim etdi. Kengash aʼzolari diplom egalarini yangi ilmiy yutuqlari bilan samimiy tabrikladilar. 


Kengashda ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


photo-2025-03-24-16-26-08
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-24-16-26-08-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-24-16-26-09
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-24-16-26-08-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-24-16-26-09-3
Ko‘rib chiqish
Artboard-4-78
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Kreativ bellashuv: talabalar yangi turizm tajribalari sari

Kreativ bellashuv: talabalar yangi turizm tajribalari sari

Xalqaro Nordik universiteti Chet tillar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu bellashuvda O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi talabalari mehmon bo‘lishdi. 


Bellashuv davomida har ikki universitet talabalar jamoasi o‘z ilm maskanlarining imkoniyatlarini taqdimotlar orqali ochib berishdi. 


Tadbirda turizmni rivojlantirishga qaratilgan yangi g‘oyalar ilgari surildi. Eng qiziqarlisi, sohaga oid hayotiy vaziyat va holatlar kichik sahna ko‘rinishlari orqali jonlantirib berildi. 


Qizg‘in bahslar, tanishuvlar, kreativ yechimlar — bo‘lajak mutaxassislarning kasbga tayyorgarlik darajalari olqishlarga sazovor bo‘ldi. Kelgusida o‘rganishlari kerak bo‘lgan jihatlar ham belgilab berildi. 


🤝 Yakunda esa eng katta g‘alaba — do‘stlik ustun keldi! 


Ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar — eng katta sovrin esa, albatta bu yangi tajribalar qo‘lga kiritilgani bo‘ldi!


Kelajak turizmi aynan shunday kasbga ishtiyoqmand yoshlar qo‘lida ekanligi, quvonchlidir!

Fin modeli va o‘zbek taʼlimi: integratsiya sari

Fin modeli va o‘zbek taʼlimi: integratsiya sari

Malaka oshirish kursida yurtimiz oliy taʼlim muassasalarining 14 nafar professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda, Toshkent tajribasi asosida saralangan, Toshkent "Hokim sovrini" olimpiadasi sohiblari sifatida taʼlim vaucheri bilan taqdirlangan fizika-matematika fani ustozlari jamlangan. 


Ayni paytda tinglovchilar Jyväskylä shahrida bo‘lib, Finlandiya va Shvetsiyaning ilg‘or taʼlim muhitida malaka oshirmoqdalar.


Jarayon davomida ular maktabgacha taʼlimdan tortib oliy taʼlimgacha bo‘lgan uzluksiz tizim, pedagoglarni tayyorlash modeli, zamonaviy o‘qitish metodikalari va taʼlimni raqamlashtirish mexanizmlarini chuqur o‘rganmoqdalar. 


Finlandiya ta’lim modeli bugungi kunda global miqyosda samaradorligi bilan ajralib turadi. Uning asosiy ustunliklari shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, o‘qituvchi kasbining yuqori maqomi, innovatsion va raqamli yechimlarning keng joriy etilishi hamda baholashda bosimdan ko‘ra motivatsiyaga ustuvorlik berilishidir. 


Mazkur dastur nafaqat tajriba almashish, transfer mexanizmini ham ko‘zda tutadi. Yaʼni, o‘zlashtirilgan bilim va yondashuvlarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish va amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Tinglovchilar kelgusida ilg‘or metodikalarni amaliyotga tatbiq etish, raqamli ta’lim muhitini kengaytirish hamda o‘qitishda sifat o'zgarishlarini amalga oshirish mahoratiga ega bo‘ladilar. 


Bugungi ta’lim makonida raqobat nafaqat bilim, tizimli yondashuv va innovatsiyalar bilan ham belgilanadi. "Nordic training" markazi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu dastur esa aynan shu omillarni — bilim, tajriba va transformatsiyani birlashtirib, milliy ta’lim rivoji uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.

Islom sivilizatsiyasi: jonli tarixga sayohat

Islom sivilizatsiyasi: jonli tarixga sayohat

Ushbu tashrif davomida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat hamda jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan zamonaviy yondashuvlar asosida yaqindan tanishildi. 


Markazdagi zamonaviy ekspozitsiyalar, noyob tarixiy manbalar va interaktiv ko‘rgazmalar talabalarda chuqur taassurot qoldirdi. Virtual makonlar, multimedia yechimlari, “vaqt kapsulalari” va tematik installyatsiyalar orqali ular O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini jonli tarzda ko‘rib, o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar.


Mazkur tashrif bilim, tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlarni anglash sari muhim qadamlardan biri bo‘ldi


“Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” hamda “Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar” kafedralari ustozlari boshchiligida o‘tkazilgan ekskursiya talabalarning ilmiy kuzatuv, tahlil va mushohada yuritish ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.

Yangi amaliy bilimlar jamlanmalari — nashrga tayyor

Yangi amaliy bilimlar jamlanmalari — nashrga tayyor


📘 “Raqamli texnologiya asoslari” (mualliflar: Sherzod Rajabov, Istoraxon Abdusalomova) 


📗 “Frontend asoslari” (mualliflar: Munis Abdullayev, Sherzod Rajabov va Akmaljon G‘aniyev). 


Mazkur qo‘llanmalar Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalari, mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy IT sohasiga oid amaliy va dolzarb bilimlarni o‘z ichiga oladi.


Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish