Universitet kengashining 4-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Universitet kengashining 4-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

March 24 , 2025

|

161

Xalqaro Nordik universitetining navbatdagi 4-son kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

AQShning Rovan universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va XNU huzurida Rovan universiteti Toshkentdagi markazining rasmiy ochilish marosimiga tayyorgarlik bo‘yicha vazifalar belgilandi. Kengash qaroriga ko‘ra, Rovan universiteti Prezidenti Ali Xushmandga universitetning Faxriy professori ilmiy unvoni berish masalasi muhokama qilindi. 


Kengashda 2024-2025-o‘quv yili davomida kafedralar faoliyatini kompleks o‘rganish masalasi ko‘rilib, muntazam monitoringdan o‘tkazish rejalashtirildi.


Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilarini malaka oshirishga safarbar etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.


Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan adabiyotlar kengash tomonidan ko‘rib chiqildi va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yuqori baholandi.


Kengash kun tartibidagi masala - “Ma’rifat soati” darslarini yuqori saviyada tashkil etish va mazmunini boyitish, islohotlar, dunyodagi siyosiy vaziyat bo'yicha "Zakovat", debat va brain bo‘yicha qator takliflar bildirildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish va jarayonlarda ularning ishtirokini taʼminlash maqsadida "Maʼrifat darslari"ga puxta hozirlik ko‘rish chora-tadbirlari belgilandi. 


Kengash yig‘ilishida XNU rektori Sherzod Mustafakulov prorektor Muhammadsiddiq Amonboyeyga professorlik, Pedagogika kafedrasi mudiri Dilafruz Miraliyeva, Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi mudiri Xasan Sabirov va Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiri Dilshod Nasriddinovga dotsentlik diplomlarini taqdim etdi. Kengash aʼzolari diplom egalarini yangi ilmiy yutuqlari bilan samimiy tabrikladilar. 


Kengashda ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


photo-2025-03-24-16-26-08
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-24-16-26-08-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-24-16-26-09
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-24-16-26-08-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-24-16-26-09-3
Ko‘rib chiqish
Artboard-4-78
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv

Busan shahrida joylashgan, mintaqada va mamlakat miqyosida yetakchi innovatsion universitet vakillari bilan qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda integratsiyalashgan qo‘shma taʼlim dasturlari ochish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashish, amaliy o‘rganish imkoniyatini oshiruvchi virtual taʼlim strategiyalari bo‘yicha tajriba almashish xususida so‘z bordi.


Tashrif davomida har ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Nordik dunyo investorlari bilan!

Nordik dunyo investorlari bilan!

30 dan ortiq yetakchi hamkor davlatlardan 200 dan ziyod kompaniya rahbarlari, Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari, mutaxassislar va olimlar ishtirok etayotgan forumda investitsion, turizm salohiyati va yuqori inson kapitali ustunliklari namoyish etilmoqda. 


Shuningdek, tadbir doirasida "yashil transformatsiya", agrosanoat rivojlanishi, investitsiyaviy loyihalarni o‘zlashtirish darajasi xususida so‘z bordi.


Xalqaro Nordik universiteti rasmiy delegati N.Islamov B2B formatdagi muzokaralar davomida O‘mon Sultonligi biznes vakillari, xususan "Oman Trading Establishment Group" (2021-yil Forbes ro‘yxatiga kirgan) kompaniya rahbari S.Mohamed va "GreenOasis AG" direktori S.Muhammad bilan istiqbolli loyihalar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. 


😎Endilikda hamkorlarimiz qatorida Forbes ro‘yxatidagi investorlar ham bor!


Zulfiya Xamidova dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi!

Zulfiya Xamidova dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi!

U "Iqtisodiyot nazariyasi" ixtisosligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dotsentlik diplomiga sazovor bo‘ldi. 


Zulfiya Xamidovani ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelgisi ilmiy faoliyatida ham muvaffaqiyat tilaymiz!


Kelajakka qadam: talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Kelajakka qadam: talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki huzuridagi "Kelajakka qadam" markazi masʼul xodimi, "O‘zmilliybank" AJ loyiha menedjeri Azimjon Ilhomov va Nordik prorektori Muhammadsiddiq Amonboyev tomonidan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-sonli qarori va uning ijrosini ta'minlashga qaratilgan 114-sonli buyruq mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirildi.


Uchrashuv davomida:


➖ Bitiruvchi yoshlar uchun yaratilayotgan mehnat bozoriga mos imkoniyatlar; 

➖ Tadbirkorlik faoliyatini boshlovchi bitiruvchilarga ajratiladigan kreditlar; 

➖ Pullik amaliyot dasturlari va

ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mexanizmlar haqida keng ma'lumot berildi.


Mazkur tadbir mehnat bilan band bo‘lmagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiyotdagi ishtirokini kuchaytirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish