Oliy ta’lim istiqbollari va ilmiy naşrlar: xalqaro ekspertlar Nordikda jamlandi

Oliy ta’lim istiqbollari va ilmiy naşrlar: xalqaro ekspertlar Nordikda jamlandi

November 23 , 2026

|

25

19–20-noyabr kunlari poytaxtimizda ötkazilgan «Oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollari» xalqaro konferensiyasi hamda «Ilmiy axborotdan foydalaniş va naşr faolligi» X yillik ilmiy-ta’lim forumiga Xalqaro Nordik universiteti ham mezbonlik qildi.

Nufuzli xalqaro anjuman Özbekiston Respublikasi Ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ta’limni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi, Erasmus+ Milliy ofisi, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xalqaro Nordik universiteti, oliy ta’limni isloh qiliş böyicha milliy ekspertlar jamoasi (HERE) hamda «E-LINE PRESS» hamkorligida taşkil etildi.

Nordik universitetda ikki parallel şöba doirasida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim muassasalari hamkorligi, Erasmus+ dasturlari, istiqboldagi qöşma loyihalar, xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari, naşrlar sifati va sun’iy intellektning akademik jarayonlardagi imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi.

Xalqaro akademik hamkorlikka bağişlangan sessiyada Qirğiziston-Turkiya «Manas» universiteti, Turkmaniston davlat iqtisodiyot va boşqaruv instituti hamda Qozoğistonning X.Dosmuhamedov nomidagi Atirau universiteti vakillari öz tajribalari va istiqbolli taşabbuslari bilan örtoqlaşdilar.

Ilmiy naşrlar va axborot resurslariga bağişlangan şöbada esa CNKI International kompaniyasining Yevroosiyo, Yaqin Şarq va Afrika böyiça direktori Caroline Zhou hamda MDH mamlakatlari böyiça menejeri Anfiya Chjun xalqaro akademik platformalar, sun’iy intellektga asoslangan ilmiy xizmatlar va bilimlar infratuzilmasiga oid taqdimotlari bilan iştirok etdilar.

Şuningdek, "ИВИС" kompaniyasi savdo va marketing böyiça direktori Dmitriy Ushanov, Buyuk Britaniyaning Taylor & Francis naşriyoti, xalqaro EIFL konsorsiumi, SEB tarmoq elektron kutubxonalari konsorsiumi, «Puls nauki» taşkilotlari vakillarining ma’ruzalari ilmiy axborotdan samarali foydalaniş, xalqaro naşrlarga integratsiyalaşuv va ilmiy metrik baholaş masalalarini keng qamrab oldi.

Tadbir doirasidagi ekspertlar taqdimotlari, tajriba almaşuvlari va davra suhbatlari universitetlararo aloqalarni mustahkamlaş, yangi ilmiy taşabbuslarni şakllantiriş hamda istiqboldagi qöşma loyihalarni muhokama qiliş uçun samarali muloqot imkoniyatini yaratdi.


Anjuman yakunida xalqaro hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, ilmiy tadqiqotlar sifatini oşiriş va zamonaviy akademik resurslardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş yölidagi muhim istiqbolli yönalişlar belgilab olindi.

Foto galereya

12