Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

October 05 , 2022

|

4428

Hukumat qarori (559-son, 03.10.2022 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan masofaviy ta’lim orqali oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlashni tashkil etish tartibi belgilandi. ▪️Buning uchun ta’lim tashkilotida quyidagilar bo‘lishi talab etiladi: ➖ masofaviy ta’limni boshqarish uchun “Learning Management System” platformasi; ➖ internetga ulanish va foydalanish uchun axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi; ➖ o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv kontenti; ➖fanlarning elektron o‘quv-metodik majmualari hamda ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi; ➖ kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar; ➖ texnik va dasturiy komponentlar ishlashini ta’minlaydigan muhandis-texnik xodimlar; ➖ ta’lim tashkilotiga tegishli bo‘lgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi; ➖ ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi barcha axborotlar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa. 🗓 Masofaviy ta’lim joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari har yili 1 aprelgacha e’lon qilinadi. ❗️Masofaviy ta’lim asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 300 nafar, bir magistratura mutaxassisligi 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim.