Nordik delegatsiyasi Polshada muhim uchrashuvlarda

Nordik delegatsiyasi Polshada muhim uchrashuvlarda

June 01 , 2026

|

941

Nordik universitetining xalqaro aloqalari amaliy hamkorlik va akademik almashinuvlar orqali tobora kengaymoqda.

Delegatsiyamiz Polshaning nufuzli WSEI universitetida Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida xizmat safarida bo‘ldi.


Tashrif davomida WSEI (Iqtisodiyot va innovatsiyalar) universiteti vice-rektori, professor Tomasz Wotowiec bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Muloqotda qo‘shma ta’lim loyihalari, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv dasturlari hamda talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, Nordik vakillari WSEI talabalari uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.


E’tiborlisi, hamkorlik ikki tomonlama va izchil davom etmoqda. O‘tgan o‘quv yilida WSEI delegatsiyasi Nordik universitetiga tashrif buyurgan bo‘lsa, Nordikning faxrli talabasi Madinabonu Isaqova Erasmus+ KA171 ICM granti asosida WSEI universitetida muvaffaqiyatli tahsil oldi.


Javob tashrifi uchrashuvlarida esa ertangi hamkorlik loyihalarga poydevor qo‘yildi.

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Bolgariyada Work & Travel: yozgi taʼtil — xalqaro tajriba mavsumi

Bolgariyada Work & Travel: yozgi taʼtil — xalqaro tajriba mavsumi

Dastur doirasida 14 nafar talaba xorijga yo‘l oldi. Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar endi auditoriyada olgan bilimlarini xalqaro ish muhitida amaliyot orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Bu safar ular uchun sayohat, yangi tajribalar, kasbiy ko‘nikmalar va xalqaro mehnat muhitini o‘rganish maktabidir.


Talabalar Bolgariyada ishlash, o‘rganish va sayohat qilish orqali o‘z sohalariga oid qimmatli tajribalarni jamlab, xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib qaytadilar.

Nordik hayotiga fayz olib kirayotgan yoshlar — e’tirofda!

Nordik hayotiga fayz olib kirayotgan yoshlar — e’tirofda!

Ular turli tadbirlar, loyihalar va tashabbuslari orqali talabalarni birlashtirib, universitet hayotini yanada qiziqarli, rangli va jonli qilishga munosib hissa qo‘shdilar.


Har bir g‘oya, har bir tashabbus va har bir ezgu mehnatingiz uchun rahmat!


Sizlar Nordikning eng faol, eng shijoatli va eng ilhomlantiruvchi yoshlari sifatida barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdasiz.


👏 Mehnatingiz biz uchun qadrli! Yutuqlaringiz bardavom, orzularingiz yanada ulkan bo‘lsin!

Parlament hayoti: Nordik talabalari qonunlar yaratilish jarayonini o‘rgandilar

Parlament hayoti: Nordik talabalari qonunlar yaratilish jarayonini o‘rgandilar

Tashrif davomida talabalar Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi faoliyati bilan tanishib, deputatlar ishtirokidagi ochiq muloqotda qatnashdilar.


Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosati, yangi qonunlarning mazmun-mohiyati, siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar, Yoshlar parlamenti hamda parlament faoliyatining muhim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.


Ayniqsa, qonun loyihalarining yaratilishidan tortib, muhokama va qabul qilinishigacha bo‘lgan jarayonlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Deputatlar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, o‘z faoliyatlarining amaliy jihatlarini ochib berdilar.


Ekskursiya doirasida talabalar Oliy Majlis tarixiga bag‘ishlangan muzey, zamonaviy parlament kutubxonasi va qonunlar qabul qilinadigan majlislar zalini ham ko‘zdan kechirdilar.


Ushbu uchrashuv yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini boyitib, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qildi.

Yakuniy marra — imtihonlar o‘tkazilmoqda

Yakuniy marra — imtihonlar o‘tkazilmoqda

Fanlar xususiyatlaridan kelib chiqib, imtihonlar test hamda amaliy ijro shaklida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.


Har bir akademik guruh tasdiqlangan grafik bo‘yicha bosqichma-bosqich imtihon topshiryapti. Talabalarning puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun kutubxona fondidan samarali foydalanish, qo‘shimcha maslahatlar olish imkoniyatlari yaratilmoqda.


Imtihonlar talabalar bilimini baholash bilan birga ta’lim sifatini yanada takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaʼni, mazkur jarayonlarda maxsus so‘rovnomalar o‘tkazilib, talabalar fikri va takliflari o‘rganilyapti.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish