Kitob javoningizga Nordik nashriyotidan yangi bilimlar

Kitob javoningizga Nordik nashriyotidan yangi bilimlar

October 08 , 2026

|

18

Xalqaro Nordik universitetida 2026-yilda nashr etilgan yangi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarga yana beshta yangi adabiyot qo‘shildi.

📕 “Bolalar adabiyoti”
Muallif: Dinara Muminova

O‘quv qo‘llanma bolalar adabiyotining mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati va bolalar kitobxonligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Quddus Muhammadiy, Shukur Sa’dulla, Po‘lat Mo‘min, Anvar Obidjon kabi ijodkorlar hamda jahon bolalar adabiyoti namoyandalari ijodi yoritilgan bo‘lib, bo‘lajak pedagoglar uchun muhim manbadir.

📘 “Elektron tijorat”
Mualliflar: Sherzod Rajabov, Munis Abdullayev


Ushbu darslik zamonaviy iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar uyg‘unligini aks ettirib, elektron tijoratning nazariy asoslari va amaliy jihatlari kompleks yoritilgan. Unda elektron tijoratning rivojlanish tarixi va tendensiyalari, raqamli texnologiyalarning elektron tijoratdagi o‘rni, uning afzalliklari va cheklovlari, me’yoriy-huquqiy asoslari hamda zamonaviy biznes modellari tahlil qilingan.

📒 “Business English Manual”
Muallif: Durdona Azizova

O‘quv-uslubiy qo‘llanmada ingliz tili biznes vaziyatlari bilan bog‘langan. Kitob orqali mahsulotni tanishtirish, biznes yozishmalari, telefon orqali muloqot, uchrashuvlar, taqdimotlar, muzokaralar, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va biznes safarlari kabi mavzular orqali professional kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin.

📗 “Maktabgacha ta’limda ijodiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi kartochkalar va ularni qo‘llash texnologiyasi”
Muallif: Maftuna Egamberdiyeva

Qo‘llanma maktabgacha ta’lim jarayonida ijodiy va interaktiv yondashuvlardan foydalanishga qaratilgan. Kartochkalar asosidagi mashg‘ulotlar orqali bolalarning tasavvuri, divergent fikrlashi, nutqiy ko‘nikmalari va ijodkorligini rivojlantirish usullari taklif etilgan.

📙 “Uzluksiz ta’lim tendensiyalari va zamonaviy yondashuv”
Mualliflar: Dilafruz Miraliyeva, Javlon Alimov

O‘quv qo‘llanmada uzluksiz ta’limning zamonaviy tendensiyalari, pedagogik yondashuvlar, ta’limdagi transformatsiyalar va kompetensiyaga asoslangan ta’lim masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy insonning doimiy o‘rganishi va yangi bilimlarni egallab borishi zaruratiga e’tibor qaratilgan.

Ushbu yangi adabiyotlar tahliliy fikrlash, professional muloqot, ma’naviy-estetik tarbiya, ijodiy tafakkur va doimiy rivojlanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Foto galereya

4
photo-2026-10-08-14-38-31
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-08-14-38-25
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-08-14-38-28
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-08-14-38-30
Ko‘rib chiqish