Yangiliklar
Finlandiyada taʼlim innovatsiyalari: O‘zbekiston pedagoglari malaka oshirmoqda

February 06 , 2025
983
15 nafar pedagoglar Nordik prorektori Odiljon Qo‘ysinov rahbarligida Finlandiya jamiyatiga kuchli taʼsirga ega tadqiqotlar universiteti - Jvyaskylada ilmiy amaliyot o‘tashga kirishdilar.
Delegatsiya aʼzolari universitetning noyob taʼlim tizimi, innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlari va tadqiqotlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Jvyaskyla universiteti nafaqat ilmiy tadqiqotlar, balki innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ham boy tajribaga ega. Malaka oshirish jarayonida universitet olimlaridan bu tajribalar keng o‘rganilmoqda.
Shuningdek, universitetning zamonaviy kutubxona tizimi, unda saqlanayotgan noyob kitoblar, tadqiqot materiallari va elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.
Bu malaka oshirish o‘quvi pedagoglar uchun nafaqat yangi bilimlar olish, balki kelgusida yurtimiz taʼlim sifatini oshirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan tajribalarni o‘zlashtirish imkoniyatini bermoqda.
Finlandiya taʼlim modeli O‘zbekiston uchun qanday natijalar keltirishi mumkin? Ilmiy amaliyot jarayonlarida shu kabi savollarga javoblar izlashda davom etilmoqda.




So'nggi yangiliklar

Taʼlimda sheriklik: Nordik va BUEM
Uchrashuv Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Viktor Borecký mezbonligida tashkil etildi.
Muzokaralarda Bratislava Iqtisodiyot va menejment universiteti (BUEM) vakillari — xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor, dr. Martin Kovač va xalqaro aloqalar bo‘limi direktori dr. Radka Straková ishtirok etdilar.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari va double degree loyihalari, yozgi maktablar hamda qisqa muddatli treninglar yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Mazkur uchrashuv ikki davlat va universitetlar o‘rtasida ta’lim diplomatiyasini yangi bosqichga olib chiqish, akademik integratsiyani kuchaytirish va yoshlar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

"Голос поезии": Nordikda “She’riyat ovozi”!
Adabiyot ixlosmandlari sevimli sheʼrlarini ifodali o‘qib, tinglovchilarga satrlar ortidagi maʼnolarni obrazli va taʼsirchan taqdim qilishga intildilar. Har bir chiqish alohida mazmun-mohiyat kasb etdi.
Eng munosib ishtirokchilar e’tirof etildilar.
🥇 Xikmatova Ruxsora
🥈 Axadbekov Nodirbek
🥉 Kutbiddinova Solixa.
G‘oliblar va barcha ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bu she’riyat kechasida so‘zning sehrli kuchi barchani birlashtirdi.

Nordik universitetida muhim muzokara o‘tkazildi
Uchrashuv davomida universitet rahbariyati tomonidan Nordik faoliyati, ta’lim yondashuvlari va xalqaro hamkorlikdagi erishilgan natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Nufuzli mehmon universitetning barqaror rivojlanish modeli, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va akademik maydondagi o‘rniga alohida e’tibor qaratdi.
Muloqot davomida Norvegiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi ustuvor masalalar muhokama etildi.
Tomonlar ta’lim va innovatsiya sohasida loyihalar amalga oshirish, hamkorlikni kengaytirish yuzasidan ham fikr almashdilar.

Eʼtibor va eʼtirof: Foundation bitiruvchilariga Sertifikatlar topshirildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tkazilgan Sertifikat topshirish marosimi ushbu tizimning amaliy natijalarini yaqqol namoyon etdi. Ushbu tadbir nafaqat yakun, balki yangi imkoniyatlar eshigini ochgan muhim bosqich sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.
Tantanali tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, unda davlat arbobi, olim, Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev va Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov, shuningdek, diplomat va Akademik litsey direktori Oydinxon Mannopova yoshlarning yutuqlarini yuqori baholab, bu natijalar ortida izchil mehnat va sifatli ta’lim turganini ta’kidladilar. Bitiruvchilarga kelgusi taʼlim bosqichlarida qatʼiyat, izlanish va katta marralar tiladilar.
E’tiborlisi, mazkur dastur samaradorligini aniq raqamlar orqali ham ko‘rish mumkin. Joriy yilda 23 nafar bitiruvchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2-bosqichga o‘qishga qabul qilinishi bu yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishi va zamonaviy ta’lim modelining muvaffaqiyatli natijasidir. 54 nafar bitiruvchi esa Foundation dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, Sertifikat bilan taqdirlandi.
Anjumanda eʼtirof etilganidek, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 9 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugun u bir necha barobar oshdi. Foundation dasturi nafaqat moslashuv bosqichi, balki raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning samarali mexanizmiga aylanmoqda.
Tadbir davomida musiqiy chiqishlar marosimga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi. Nordik universiteti Musiqa taʼlimi kafedrasi o‘qituvchilari, estrada xonandalari Charosxon Axmedova va Zarnigor Umarova, "Nordik taronasi" ansambli ijrochilari Aziz va Laziza tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Ushbu marosim yoshlarning orzulari natijaga aylanayotganini yana bir bor namoyon etdi. Ayniqsa, ota-onalar va bitiruvchi-yoshlarning hayajonlari va minnatdorchiliklari cheksizligi ularning dil izhorlarida o‘z aksini topdi.