Kasbiy rivojlanish uchun 3 yangi kitob — 3 baravar imkoniyat!

Kasbiy rivojlanish uchun 3 yangi kitob — 3 baravar imkoniyat!

February 11 , 2026

|

2439

Nordik ustozlari kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar — yangi qo‘llanma va darsliklar yaratishda davom etmoqdalar.

Nordik nashriyotida tayyorlangan 3 ta zamonaviy, amaliy va dolzarb qo‘llanma bilim doirangizni kengaytirib, mutaxassis sifatida o‘sishingizda qo‘l keladi. 


“Maktabgacha ta’lim menejmenti” (B.Berdiyorova) — tarbiyachi, metodist va rahbarlar uchun amaliy qo‘llanma. Innovatsion boshqaruv, hujjat yuritish va samarali tashkilot modeli bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgani bilan ahamiyatli. 


📈 “Makroiqtisodiy siyosat” (R.Mardanova, J.Qodirov, Z.Uralbayev) — iqtisodiyot va biznes sohasi mutaxassislari uchun muhim darslik. Pul-kredit siyosati, valyuta kursi, makrobarqarorlik va zamonaviy iqtisodiy tahlillar orqali iqtisodiy tafakkurni charxlaydi.


“Русский язык (A2)” (N.Chernova — til o‘rganuvchilar uchun sodda va bosqichma-bosqich metodika. Leksika, grammatika, nutq, yozuv va tinglab tushunish mashqlari bilan rus tilida erkin muloqot qilishga yordam beradi.


Nordikning yangi avlod nashrlari bilan o‘zingizni rivojlantirib boring!

photo-2026-02-10-16-04-21-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-02-10-16-04-21-3
Ko‘rib chiqish