Nordikda Zakovat: Talabalar Bo‘sh Vaqtini Samarali O‘tkazish Yo‘lida Muhim Qadam

October 11, 2025
77

alqaro Nordik Universitetida talabalar uchun nafaqat ta’lim, balki bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkoniyatlari ham yaratib borilmoqda. Ana shunday tashabbuslardan biri sifatida, 11-oktyabr (shanba) kuni soat 11:00 da universitet talabalari o‘rtasida Zakovat intellektual musobaqasi tashkil etildi.

Bellashuv davomida talabalar o‘zlarining bilim darajasi, tez fikrlash qobiliyati va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Musobaqa yuqori saviyada, qiziqarli va raqobatbardosh muhitda o‘tdi.

🏆 Natijalar quyidagicha:

🥇 1-o‘rinПапа Римский jamoasi

🥈 2-o‘rinSpace jamoasi

🥉 3-o‘rinGen-Z jamoasi

Bu jamoalar musobaqa davomida bilimdonlik, muvofiqlik va tezkorlik bilan ajralib turishdi va haqli ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

🔜 Zakovat Ligasi boshlanadi!

Musobaqa davomida talabalar tomonidan bildirilgan faol ishtirok, katta qiziqish va intilishni inobatga olgan holda, tashkilotchilar tomonidan har haftalik Zakovat Ligasini yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi. Liga formatidagi musobaqalar har shanba kuni o‘tkazilib, talabalar uchun doimiy intellektual maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Maqsad — bilim, do‘stlik va rivojlanish

Bunday tadbirlar nafaqat bilim olishni rag‘batlantiradi, balki talabalar o‘rtasida do‘stona muhit yaratib, jamoaviy fikrlash va sog‘lom raqobatni rivojlantiradi.

photo-2025-10-11-12-12-32
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-11-12-12-33-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-11-12-12-33
Ko‘rib chiqish