Fakultet hayoti

"Голос поезии": Nordikda “She’riyat ovozi”!
Nordikda talaba-yoshlar va ustozlar ishtirokida “She’riyat ovozi” ifodali o‘qish tanlovi o‘tkazildi.
Adabiyot ixlosmandlari sevimli sheʼrlarini ifodali o‘qib, tinglovchilarga satrlar ortidagi maʼnolarni obrazli va taʼsirchan taqdim qilishga intildilar. Har bir chiqish alohida mazmun-mohiyat kasb etdi.
Eng munosib ishtirokchilar e’tirof etildilar.
🥇 Xikmatova Ruxsora
🥈 Axadbekov Nodirbek
🥉 Kutbiddinova Solixa.
G‘oliblar va barcha ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bu she’riyat kechasida so‘zning sehrli kuchi barchani birlashtirdi.





So'nggilari

Nordik talabalari buyuk sarkarda, millat faxri Amir Temurning hokimiyat sari yuksalish yo‘llarini o‘rganishda davom etmoqdalar.

"Zebo" loyihasining navbatdagi uchrashuvi unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi! Talabalarimiz shunchaki o‘rganishmadi, ular yaratishdi.

Nordik universitetida Turizm yo‘nalishi talaba-yoshlari uchun mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Universitet bilim berishi kerakmi yoki mehnat bozoriga tayyorlashi kerakmi?» mavzusidagi bahs o‘z yakuniga yetdi. Bahs maydonida ikki kuchli jamoa o‘z pozitsiyalarini himoya qildi.