Readers Club: “Animal Farm” ustida qizg‘in muhokama!

March 03, 2026
108

Klubning navbatdagi uchrashuvi adabiyotdagi eng mashhur va o‘ylantiruvchi asarlardan biri — Jorj Oruellning “Animal Farm (Molxona)” asariga bag‘ishlandi.

Talabalar asardagi voqealar rivoji, qahramonlar xarakteri va yashirin ramziy ma’nolar haqida faol fikr almashdilar. 

Interaktiv muhokamalar davomida hayvonlar obrazlari ortidagi g‘oyalar ochib berildi, fermadagi qonunlarning qanday qilib asta-sekin o‘zgarib borishi tahlil qilindi.

Eng qiziqarlisi — har bir ishtirokchi asarning chuqur mazmunini o‘z nuqtayi nazari orqali talqin qildi.

Natijada uchrashuv hokimiyat, tenglik va manipulyatsiya kabi dolzarb mavzular ustidagi qizg‘in bahslar bilan yanada mazmunli kechdi.

photo-2026-03-09-19-28-12
Ko‘rib chiqish
photo-2026-03-09-19-28-16
Ko‘rib chiqish
photo-2026-03-09-19-28-21
Ko‘rib chiqish
photo-2026-03-09-19-28-27
Ko‘rib chiqish