Fakultet hayoti

“Zebo” loyihasida bahs!
“Zebo” loyihasi doirasida o‘tkazilgan navbatdagi munozara yoshlarni o‘ylantirayotgan dolzarb savolga bag‘ishlandi: “Sun’iy intellekt — imkoniyatmi yoki xavf?”
Munozarada ishtirokchilar ikki jamoaga bo‘linib, sun’iy intellektning turli qirralarini asosli dalillar bilan himoya qildilar. Bir jamoa SI tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ishsizlik, axborot xavfsizligi muammolari va inson omilining kamayishi kabi fikrlarni ilgari surdilar. Ikkinchi jamoa esa sun’iy intellektning ilm-fan, innovatsiya va mutlaqo yangi kasblarni yaratishdagi ulkan imkoniyatlari haqida dalillar keltirdilar.
Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan munozarada qatnashchilar nafaqat bilim, balki mantiqiy fikrlash, tezkor tahlil va notiqlik mahoratini ham namoyon etdilar.
O‘zining aniq dalillari va ishonchli nutqi bilan Muborak G‘ayratova “Eng yaxshi spiker” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.





So'nggilari

"Motivation Club" tomonidan tashkil etilgan navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar jamoaviy jipslik va samarali boshqaruv san’atini amalda sinab ko‘rdilar.

"Nordic Students Club" tashabbusi bilan talabalar uchun intellektual va psixologik "Mafiya" o‘yini tashkil etildi.

Ushbu tanlov shunchaki tashqi go‘zallik namoyishi emas, balki ayol qalbining boyligi va aql-zakovatining tantanasidir. «Miss Nordik» ishtirokchisi — bu o‘zida milliy qadriyatlarni saqlagan holda zamonaviy bilimlarni egallagan, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan lider ayol obrazidir.

Klubning navbatdagi uchrashuvi adabiyotdagi eng mashhur va o‘ylantiruvchi asarlardan biri — Jorj Oruellning “Animal Farm (Molxona)” asariga bag‘ishlandi.