Musiqa ta'limi kafedrasi

6 xodimlar
Musiqa ta'limi kafedrasi

Vazifalari

Musiqiy ta'lim - bu musiqani o'rgatish va o'rganishni o'z ichiga olgan amaliyot sohasi. Bu olimlar musiqani o'qitish va o'rganish usullari bo'yicha original tadqiqotlar olib boradigan tadqiqot sohasidir. 


Musiqa ta'limi barcha ta'lim sohalariga, shu jumladan psixomotor sohaga (ko'nikmalarni rivojlantirish), kognitiv sohaga (bilimlarni o'zlashtirish) va xususan, affektiv sohaga (o'quvchining nimani qabul qilish, o'zlashtirish va baham ko'rishga tayyorligi) kiradi. Shu jumladan musiqani qadrlash va sezgirlik. Ko'pgina musiqa ta'limi o'quv dasturlari matematik ko'nikmalardan foydalanishni, shuningdek, suyuqlikdan foydalanishni va ikkinchi darajali til yoki madaniyatni tushunishni o'z ichiga oladi.


Ushbu ko'nikmalarni amalda qo'llashning izchilligi ko'plab boshqa akademik sohalarda talabalarga foyda keltirishi, shuningdek, ACT va SAT kabi standartlashtirilgan testlar bo'yicha ish faoliyatini yaxshilashi ko'rsatilgan. 


Maktabgacha ta'limdan o'rta ta'limdan keyingi ta'limgacha musiqa tayyorlash keng tarqalgan, chunki musiqa bilan shug'ullanish inson madaniyati va xulq-atvorining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

Xodimlar

Qurbanniyoz Panjiyev Berdiyevich
Kafedra mudiri

Qurbanniyoz Panjiyev Berdiyevich


Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Turon Fanlari Akademiyasi akademigi, 2ta darslik, 3ta o’quv qo’llanma, 2ta monografiya, Respublika va xalqaro miqyosidagi 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi -Microsoft Office (Word, Excell, PowerPoint), Musiqiy redactor Sibelius dasturlarida ishlay oladi.

Yuldoshev Umidjon Yuldoshevich
PhD, dotsent

Yuldoshev Umidjon Yuldoshevich


Pedagogika fanlari doktori (PhD), dotsent 2ta darslik, 4ta o‘quv qo’llanma, 1ta monografiya, Respublika va xalqaro miqyosidagi 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi - Microsoft Office, Sibelius, Nuendo, Melodyn, Finale, Microsoft PowerPoint, Microsoft Excel, Logic daturlarida ishlay oladi.

Ibragimova Xonzoda Saidazim qizi
PhD, dotsent

Ibragimova Xonzoda Saidazim qizi


Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. Hozirgi kungacha 1ta darslik, 1ta monografiya, 2ta o‘quv qo‘llanma, 1ta she’riy to'plam hamda respublika va xalqaro miqyosdagi 50 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar muallifi. IELTS va Cefir seritifikatlariga ega. Respublikada birinchilardan bo'lib “Musiqiy ritmika” sohasini ilmiy tadqiq etgan. Pedagogik faoliyatini 2011-yildan boshlab, Hozirgi kunda, bo`lajak musiqa o`qituvchilari faoliyatida musiqiy-ritmik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi mavzusida doktorlik ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda.

Ibraximjanova Gavxar Amanbayevna
Dotsent

Ibraximjanova Gavxar Amanbayevna


Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shaxrida tavallud topgan. 1997 yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi musiqashunoslik fakultetini bitirgan. Ma’lumoti boyicha mutaxassisligi - musiqashunos, musiqiy-nazariy fanlar o‘qituvchisi. Turli yillar davomida u Bolalar musiqa maktabi va kollejlarida o'qituvchi bo'lib ishladi. Hozirda Toshkent davlat pedagogika universiteti “Musiqa nazariyasi va metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi,lavozimida ish faoliyatini olib bormoqda va bakalavtiat bosqichida Musiqa nazariyasi, Musiqa tarixi fanlaridan dars beradi. "Musiqa nazariyasi" fani boʻyicha oʻtkaziladigan Respublika talabalar fan olimpiadasiga 6 nafar talaba g‘oliblarini tayyorlagan. Fan boʻyicha bitta darslik, ikkita oquv qoʻllanma, uslubiy qoʻllanma va qator ilmiy maqolalar muallifidir. O‘zbek, rus tillarini biladi.

Ilyosjon Ro‘zimurodov Azamatovich
Katta o'qituvchi

Ilyosjon Ro‘zimurodov Azamatovich


Musiqa ta'limi katta o‘qituvchisi, ansambl va orkestr raxbari, Respublikada bo‘lib o‘tgan konkurslar laurianti. Respublika va xalqaro miqyosidagi maqola va tezislar muallifi. 1ta o'quv qo'llanma va Microsoft Office (Word, Excell, PowerPoint), Musiqiy redactor Sibelius-6,7,7.5 (notalashtirish) kompyuter dasturlarida ishlay oladi. 13.00.02 - "Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi" bo'yicha musiqa ixtisosligidan pedagogika fanlari bo'yichafalsafa doktori (PhD) mustaqil tadqiqotchi.

Axmedova Charos Ilxomovna
Katta o'qituvchi

Axmedova Charos Ilxomovna


1991-yil 24-iyulda Samarqand viloyati Samarqand shahrida, shifokorlar oilasida tavallud topgan. 1997-2006-yillar Samarqand shahridagi A.S.Pushkin nomidagi o`rta umum ta`lim maktabi va parallel ravishda Samarqand shahar 1-son bolalar musiqa makatabini tamomlagan. Maktab davrlarida Moskva, Sankt-Peterburg (Rossiya),Vena (Avstriya)da bo`lib o`tgan xalqaro yosh vokalistlar tanlovlari II va I o`rinlar sohibasi. 2006-2009-yy Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand shahar San`at kolledjida, “Akademik xonandalik” yo`nalishida taxsil olgan. Kolledjda o`qish davrlarida Rossiyaning Moskva shahrida bo`lib o`tgan “Новые имена” xalqaro ko`rik tanlovi I-o`rin laureati, O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida o`tkazilgan, Respublika “Yosh ijrochilar” ko`rik tanlovi III-o`rin laureati. “Nihol” ko`rik tanlovining viloyatlar aro o`tkazilgan bosqichi g`olibasi, 2009-2010-2011-2012 yy Fund Forum, “Kelajak ovozi” ko`rik tanlovining to`rt karra “Ta`lim grantlari” sohibasi. 2009-2013-yillar davomida, O`zbekiston Davlat Konservatoriyasida bakalavr, 2014- 2016-yillar O`zbekiston Davlat Konservatoriyasida magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2013-yil, Toshkent shahrida joylashgan Yoshlar ijod saroyida o`zining “La canto e vivo per questo” nomli yakkaxon konsertini o`tkazgan. 2012-yildan boshlab xalqaro va mahalliy ilmiy konferensiyalarda faol qatnashib keladi va 2012-yildan boshlab xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida o`n beshdan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. 2014-2024-yillarda O`zbekiston Davlat Konservatoriyasi qoshidagi Iqtidorli bolalar litseyi o`qituvchisi, 2022-2024-yillar O`zbekiston Davlat Konservatoriyasida o`qituvchi lavozimida ish yuritgan. 2016-yildan buyon akademik xonandalik ijrochiligini takomillashtirish bo`yicha ilmiy izlanish olib boradi. IELTS (B1) sertifikatiga ega. 2020-yil Avstriyaning Vena shahrida chop etilgan “European journal of Art” xalqaro jurnali e`lon qilgan, “Самый развернутый анализ выбранной темы” nominatsiyasi g`olibasi. Charosning ilmiy izlanishlari tibbiyotning “Pulmonoligoya”, “Foniatriya”, “Otorinolaringologiya” kabi tor soxalarini o`rganishga undaganligi sababli, ushbu soxalarda ta`lim olib chiqqan va sertifikatlar sohibasi. 2024-yildan Xalqaro Nordik Universiteti, Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti, Musiqa ta`limi kafedrasi, vokal ijrochiligi fanidan universitet talabalariga saboq berib keladi. 2025-yildan Xalqaro Nordik Universiteti tayanch doktoranti