Yangiliklar
Ilmiy maqolalarni yozishda avvalo ishni nimadan boshlagan ma'qul?

January 27 , 2024
144
Ilmiy maqola yozishda BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari asos sifatida tavsiya etiladi.
Ilmiy maqolalarni yozishda avvalo ishni nimadan boshlagan ma'qul?
☁️ Maqola insoniyat oldida turgan qanday muammolarni yechishga qaratilganligi bilan o‘z dolzarbligini belgilab beradi. Bu borada eng yaxshi dasturilamal sifatida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari hisoblanadi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari qashshoqlikka barham berish, atrof-muhit va iqlimni himoya qilish hamda dunyodagi barcha insonlarning tinchlik va ravnaq topishidan bahramand bo‘lishini ta’minlash uchun global miqyosda harakat qilishga da’vatdir.
🇺🇳 BMTning O‘zbekistonda amalga oshirish uchun harakat qilayotgan barqaror rivojlanish maqsadlari:
- O‘ta qashshoqlikni kamaytirish.
- Ochlikka barham berish.
- Sog‘lik va farovonlik.
- Sifatli ta'lim.
- Gender tengligi.
- Toza suv va sanitariya.
- Arzon va toza energiya.
- Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish.
- Sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma.
- Tengsizlikni kamaytirish.
- Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari.
- Mas'uliyatli iste'mol va ishlab chiqarish.
- Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish.
- Dengiz ekotizimlarini asrash.
- Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash.
- Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv.
- Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik.
Hurmatli tadqiqotchilar, ilmiy maqolangizni yozishda ushbu maqsadlar bilan tanishib chiqishingiz va bog‘lashingiz maqolaning ilmiy ahamiyatini boyitishiga xizmat qiladi, degan umiddamiz!
🌐 Telegram: @journal_NIU
❔ Telegram: @Oybek_RA
So'nggi yangiliklar

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv
Busan shahrida joylashgan, mintaqada va mamlakat miqyosida yetakchi innovatsion universitet vakillari bilan qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda integratsiyalashgan qo‘shma taʼlim dasturlari ochish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashish, amaliy o‘rganish imkoniyatini oshiruvchi virtual taʼlim strategiyalari bo‘yicha tajriba almashish xususida so‘z bordi.
Tashrif davomida har ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Nordik dunyo investorlari bilan!
30 dan ortiq yetakchi hamkor davlatlardan 200 dan ziyod kompaniya rahbarlari, Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari, mutaxassislar va olimlar ishtirok etayotgan forumda investitsion, turizm salohiyati va yuqori inson kapitali ustunliklari namoyish etilmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida "yashil transformatsiya", agrosanoat rivojlanishi, investitsiyaviy loyihalarni o‘zlashtirish darajasi xususida so‘z bordi.
Xalqaro Nordik universiteti rasmiy delegati N.Islamov B2B formatdagi muzokaralar davomida O‘mon Sultonligi biznes vakillari, xususan "Oman Trading Establishment Group" (2021-yil Forbes ro‘yxatiga kirgan) kompaniya rahbari S.Mohamed va "GreenOasis AG" direktori S.Muhammad bilan istiqbolli loyihalar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
😎Endilikda hamkorlarimiz qatorida Forbes ro‘yxatidagi investorlar ham bor!

Zulfiya Xamidova dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi!
U "Iqtisodiyot nazariyasi" ixtisosligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dotsentlik diplomiga sazovor bo‘ldi.
Zulfiya Xamidovani ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelgisi ilmiy faoliyatida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

Xorijdagi vatanparvar farzandlarimiz uchun hayotiy ahamiyatga ega loyiha
"Xalq so‘zi" gazetasida O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xalqaro Nordik universiteti, Shvetsiyadagi elchixonamiz va uning huzuridagi Milliy madaniyat markazi hamkorligida Yevropa davlatlari, xususan Nordik mamlakatlaridagi vatandoshlarimizning farzandlari uchun katta hayotiy ahamiyatga ega loyiha haqida maqola nashr etildi.
Bu loyiha ona tilini asrash va avlodlar orasida milliy qadriyatlar uzviyligini taʼminlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli. Shunchaki ona tili darsi emas, balki chet ellarda ham milliy o‘zlikni unutmaslik, O‘zbekiston va uning qadriyatlarini qalblarda bardavom saqlash harakatidir.
Gazetaning bugungi sonida XNU rektori Sherzod Mustafakulovning maqolasini o‘qing.