
Nordikda ilmiy seminar: tadqiqot ishlari muhokama markazida
Xalqaro Nordik universitetida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun navbatdagi an’anaviy ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari muhokama qilindi. Dilnoza Sabirdjanova tomonidan bakalavriat bosqichida musiqa o‘qitish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari yuzasidan olib borilayotgan tadqiqot natijalari taqdim etildi.
Ushbu izlanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarni musiqa ta’limiga integratsiya qilish orqali talabalarning ijodiy va metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Nigora Isayeva tadqiqotida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining dutor cholg‘usi orqali ijrochilik malakalarini takomillashtirish masalasi yoritildi. Milliy cholg‘u — dutor nafaqat musiqiy asbob, balki pedagogik vosita sifatida ham talqin qilinib, ijrochilik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni tahlil etildi.
Dilfuza Baqoyeva sanoat korxonalarida mahsulot sotuv tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borayotgan ilmiy izlanishlari bo‘yicha hisobot berdi. Tadqiqotda marketing strategiyalari, raqamli boshqaruv vositalari va samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqilayotgani alohida ta’kidlandi.
Seminar davomida mavzular atroflicha muhokama qilinib, ilmiy yangilik darajasi, metodologik asoslar, tajriba-sinov jarayonlari va natijalarning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.
Tadqiqotchilarga ilmiy izlanish jarayonini samarali rejalashtirish, dissertatsiya ishining strukturaviy mantiqini mustahkamlash, empirik ma’lumotlarni tahlil qilishda zamonaviy usullardan foydalanish, ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.



So'nggi tadbirlar

27-fevral — malakaviy imtihon kuni

Nordikda ilmiy seminar: tadqiqot ishlari muhokama markazida

Ilmiy monitoring ishlari amalga oshirildi

UzAELT Xalqaro O‘qituvchilar Forumi – 2025 AXBOROT XATI

Monitoring: ilmiy faoliyatda shaffoflik va samaradorlik!

Malakaviy imtihon o‘tkazildi

Ilmiy seminar majlisi o‘tkazildi

Ilmiy-amaliy seminar: ilm va tajriba uyg‘unlashmoqda

Nordik ilmiy kengashida: ilmiy-seminar majlisi o‘tkazildi

Dissertatsiya ishi muhokamasi: kafedralararo ilmiy seminar o‘tkazildi

Nordik tadqiqotchilari ilmiy-amaliy seminarda

Doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun seminar o‘tkazildi

XNU Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida 2025-yil 2-chorak uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi

Nordik izlanuvchilari malakaviy imtihondan o‘tdilar

Doktorant va ilmiy izlanuvchilar uchun ilmiy-uslubiy seminar o‘tkazildi

Doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun imtihon o‘tkazildi

DATA SCIENCE: KELAJAK TRENDLARI

Amerikalik professordan master-klass

Ilmiy tadqiqot ishlari: loyihalar tayyorlash, psixologik tadqiqotlar va ta'lim tendensiyalari

Xalqaro vebinarga taklif etamiz! Vebinar jahondagi ilg‘or Finlandiya ta'limiga asoslangan EDUTEN