Zulfiya Xamidova dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi!

April 23 , 2025
59
Xalqaro Nordik universiteti Magistratura fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Xamidova Zulfiya Axmadjonovna yana bir ilmiy yutuqqa erishdi.
U "Iqtisodiyot nazariyasi" ixtisosligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dotsentlik diplomiga sazovor bo‘ldi.
Zulfiya Xamidovani ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelgisi ilmiy faoliyatida ham muvaffaqiyat tilaymiz!
So'nggi yangiliklar

Nordik dunyo investorlari bilan!
30 dan ortiq yetakchi hamkor davlatlardan 200 dan ziyod kompaniya rahbarlari, Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari, mutaxassislar va olimlar ishtirok etayotgan forumda investitsion, turizm salohiyati va yuqori inson kapitali ustunliklari namoyish etilmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida "yashil transformatsiya", agrosanoat rivojlanishi, investitsiyaviy loyihalarni o‘zlashtirish darajasi xususida so‘z bordi.
Xalqaro Nordik universiteti rasmiy delegati N.Islamov B2B formatdagi muzokaralar davomida O‘mon Sultonligi biznes vakillari, xususan "Oman Trading Establishment Group" (2021-yil Forbes ro‘yxatiga kirgan) kompaniya rahbari S.Mohamed va "GreenOasis AG" direktori S.Muhammad bilan istiqbolli loyihalar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
😎Endilikda hamkorlarimiz qatorida Forbes ro‘yxatidagi investorlar ham bor!

Kelajakka qadam: talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-sonli qarori va uning ijrosini ta'minlashga qaratilgan 114-sonli buyruq mazmun-mohiyati talabalarga atroflicha tushuntirildi.
Uchrashuv davomida:
➖ Bitiruvchi yoshlar uchun yaratilayotgan mehnat bozoriga mos imkoniyatlar;
➖ Tadbirkorlik faoliyatini boshlovchi bitiruvchilarga ajratiladigan kreditlar;
➖ Pullik amaliyot dasturlari va
ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mexanizmlar haqida keng ma'lumot berildi.
Mazkur tadbir mehnat bilan band bo‘lmagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiyotdagi ishtirokini kuchaytirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xorijdagi vatanparvar farzandlarimiz uchun hayotiy ahamiyatga ega loyiha
"Xalq so‘zi" gazetasida O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xalqaro Nordik universiteti, Shvetsiyadagi elchixonamiz va uning huzuridagi Milliy madaniyat markazi hamkorligida Yevropa davlatlari, xususan Nordik mamlakatlaridagi vatandoshlarimizning farzandlari uchun katta hayotiy ahamiyatga ega loyiha haqida maqola nashr etildi.
Bu loyiha ona tilini asrash va avlodlar orasida milliy qadriyatlar uzviyligini taʼminlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli. Shunchaki ona tili darsi emas, balki chet ellarda ham milliy o‘zlikni unutmaslik, O‘zbekiston va uning qadriyatlarini qalblarda bardavom saqlash harakatidir.
Gazetaning bugungi sonida XNU rektori Sherzod Mustafakulovning maqolasini o‘qing.

Nordikda kombo: imkoniyatlar cheksiz!
Tashrif davomida Daegu vakillari talabalarimiz bilan ham samimiy suhbatda bo‘ldilar. Nordik muhiti bilan yaqindan tanishdilar.
Hamkorlik doirasida:
➖ Nordikda koreys tili o‘qitiladi
➖ Startap inkubatsiya markazi ochiladi
➖ Eng iqtidorli talabalar Koreyaga turli loyihalar va o‘qish uchun jo‘natiladi.