Uchrashuv davomida YTO International kompaniyasining mintaqaviy ofislarida talabalarning stajirovka o‘tashi va xitoylik talabalarni Nordik universitetida o‘qitish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari YTO Internationalning 18 mamlakat va mintaqadagi 50 dan ortiq stansiyalari, 150 dan ortiq mamlakat va mintaqalardagi 2000 dan ortiq global havo va dengiz yuki bilan ishlash yo‘nalishlaridagi faoliyati bilan tanishtirdilar.
Kompaniya butun dunyo bo‘ylab xizmat ko‘rsatuvchi yetakchi global logistika provayderlari bilan strategik hamkorlikka egaligi, talabalar uchun xalqaro maydonlarda stajirovka o‘tash imkoniyatlari mavjudligini maʼlum qilindi.







