Yangi o‘quv adabiyotlari nashr etildi

Yangi o‘quv adabiyotlari nashr etildi

January 06 , 2025

|

437

Yangi kitob

Nordik universitetida tayyorlangan "Innovatsion iqtisodiyot" darsligi fan bo‘yicha bilimlarni mustahkamlaydi (A.Xashimov). 


Undagi mavzularni o‘zlashtirish asosida innovatsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati, ularning mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish mumkin.


Shuningdek, ekonometrik va statistik tahlillarni amalga oshirmoqchi bo‘lganlar uchun foydali o‘quv qo‘llanma - "Ekonometrika asoslari" kitobi nashr etildi (mualliflar Sh.Mustafakulov, X.Sabirov). Ushbu qo‘llanmada ekonometrik modellashtirish asoslari, axborot taʼminoti va tahlil ilmini o‘rganishingiz mumkin. 


Kitob ekonometrika bilan bog‘liq amaliy muammolarni hal qilish va maʼlumotlar to‘plamlari bilan ishonchli ishlashga imkon beruvchi amaliy masala-misollar bilan boyitilgan. 


"Amaliy ekonometrika" o‘quv qo‘llanmasida esa ekonometrik modellashtirish jarayoni va unda Stata dasturining imkoniyatlarini keng o‘rganish mumkin (mualliflar - N. Muradullayev, X.Sabirov).

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Nordik universitetida ijodiy imtihonlar!

Nordik universitetida ijodiy imtihonlar!

Respublikamizning turli hududlaridan kelgan abituriyentlar ijodiy imtihonda qalam kuchi, o‘z fikrlarini erkin bayon etish mahorati bo‘yicha sinovdan o‘tdilar. 


Musiqa taʼlimi yo‘nalishiga talabgorlar esa yozma, og‘zaki, cholg‘u va xonandalik ijrochiligidan qobiliyatlarini namoyish etishdi. 


Imtihon sohalar yetakchilaridan iborat hakamlar hayʼati kuzatuvida shaffof o‘tkazilib, xolis baholandi. 


📌 Nordikda hujjatlar qabuli davom etmoqda. 


📞 Batafsil maʼlumot: +998555084400


PhD darajasiga yo‘l: Nordik seminarida dissertatsiyalar muhokamasi

PhD darajasiga yo‘l: Nordik seminarida dissertatsiyalar muhokamasi

Seminar majlisida universitet mustaqil izlanuvchisi Jasurbek Turg‘unovning 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.


“Sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga ta’sirini baholash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqotda ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asoslangan va dolzarb ekani ta’kidlandi.


Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi Aziza Mirzaraximovaning 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligidagi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlar tadqiqoti" mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasi amaliy asoslanganligi eʼtirof etildi.


Seminar davomida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tayanch doktoranti Mahliyo Diyarovaning 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” tutash ixtisosligidagi “Qurilish korxonalarida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi keng muhokama qilinib, zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.


Mazkur seminar innovatsion fikrlar va ilmiy asoslangan yondashuvlarni ilgari surish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida zamonaviy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilarga mustahkam nazariy-amaliy tayanch yaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Umarov Elshod G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Umarov Elshod G‘ulomovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.


Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi. 


Tel.: +99895 505-44-00

e-mail: info@nordicuniversity.org

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.


Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi. 


Tel.: +99895 505-44-00

e-mail: info@nordicuniversity.org

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish