XNU talabasi Gulnora Kamoldinova ilmiy va ijtimoiy faolligi bilan ajralib turmoqda

XNU talabasi Gulnora Kamoldinova ilmiy va ijtimoiy faolligi bilan ajralib turmoqda

May 21 , 2023

|

1416

XNU talabasi Gulnora Kamoldinovaning Finlandiya ta’lim tizimiga oid maqolasi "Jalaquduq hayoti" gazetasida chop etildi.

Xalqaro Nordik universitetining 2-MMT 22-guruh talabasi, guruh sardori Gulnora Kamoldinova o‘qishda, kasbiy faoliyatida va boshqa jabhalarda faol ishtirok etib, qator yutuqlarga erishmoqda.

📝 Uning "Finlandiya ta'lim tizimi tahlili" sarlavhali maqolasi "Jalaquduq hayoti" gazetasida chop etildi. Maqolada Fin ta’lim tizimi tarixi va zamonaviy o‘quv dasturlarining ahamiyati tahliliy yoritib berilgan.