XNU vakillari - bitiruvchi-o‘quvchilar orasida

XNU vakillari - bitiruvchi-o‘quvchilar orasida

May 12 , 2023

|

1645

XNU vakillari Toshkent viloyatida maktab bitiruvchilari bilan uchrashib, ta'lim va qabul jarayonlari haqida suhbat o'tkazdilar.

Universitetning ta’lim bo‘yicha xorijiy maslahatchisi Petri Lounaskorpi va Akademik ishlar bo‘yicha prorektor Muhammadsiddiq Amanboyev Toshkent viloyatidagi maktablarda bitiruvchi-o‘quvchilar bilan oliy ta'lim muassasasiga kirish va kelajak mutaxassislariga qo‘yilayotgan talablar bo‘yicha interfaol suhbatlar tashkil etmoqdalar.

Yangiyo‘l tumanidagi 4-maktabda 11-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda taqdimotlar orqali o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi. Bitiruvchilar mavjud yo‘nalishlar, qabul tartiblari, universitetda o‘qish va xalqaro dasturlar orqali xorijga chiqish imkoniyatlari bilan batafsil tanishtirildilar.