XNU Kengashida navbatdagi himoya ishlari muvaffaqiyatli yoqlandi

November 08 , 2025
2
Nordik universiteti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashda navbatdagi himoya ishlari ko‘rildi.
Kengashda Nordik universiteti mustaqil tadqiqotchisi Turg‘unov Jasurbek Alimardon o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov ilmiy rahbarligida tayyorlangan "Sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga taʼsirini baholash" mavzusidagi nazariy va amaliy ahamiyatli himoya ishi mohiyati bilan keng tanishtirdi. Mavzuning dolzarbligi, tadqiqot jarayonida olingan ilmiy xulosalar va ishlab chiqilgan ilmiy, amaliy tavsiyalarga keng to‘xtaldi. Barcha savollarga atroflicha javoblar berdi.
Shuningdek, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Odiljon Rixsimbayev ilmiy rahbarligida Mirzaraximova Aziza Baxrom qizining "Elektron sog‘liqni saqlash" tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlarning tadqiqoti" mavzusida himoya ishi keng muhokama qilindi.
Har ikki nomzod PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishlarini munosib yoqladilar.









Latest news

O‘zbekiston iqtisodiyoti: ekspert bilan ochiq muloqot
Uchrashuv davomida boshqaruv va iqtisodiy tahlil sohasida katta tajribaga ega ekspert “O‘zbekiston iqtisodiyoti: xususiyatlari va xavflar” mavzusida chuqur tahliliy ma’lumotlar taqdim etdi.
Muloqotda so‘nggi iqtisodiy islohotlarning natijalari va yangi tendensiyalar, eksport–import jarayonlaridagi o‘zgarishlar,
iqtisodiy xavf-xatarlar va imkoniyatlar, global mehnat bozori masalalari muhokama etilib, yoshlarda iqtisodiy kompetensiyalar shakllantirildi.
Mazkur uchrashuv Nordikda ta’lim olayotgan talabalar uchun iqtisodiy jarayonlarni chuqur tushunish, real sektor bilan bevosita tanishish hamda ekspert bilan jonli muloqot qilish imkoniyatini yaratdi.

Yoshlar diplomatiyasi: YXHT maxsus vakili Nordikda!
Janob Leinonen talaba-yoshlar bilan muloqot qilib, barchani barqaror tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi saʼy-harakatlarda faollikka undadi.
Nufuzli mehmon 2025-yil iyul oyida Helsinkida bo‘lib o‘tgan YXHT raisligidagi Yoshlar forumi natijalari
bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, u Finlandiyaning yoshlar hamkorligi bo‘yicha ilg‘or tajribasi va (YTS) yo‘l xaritasi, milliy harakat rejalari loyihasini tayyorlash jarayoni haqida so‘zlab berdi.
Uchrashuvda nufuzli mehmonlar Nordikning Finlandiya oliy taʼlim muassasalari bilan qo‘shma taʼlim hamda work and travel kabi dasturlari natijalari bilan tanishtirildilar.
Talabalar tinchlik, muloqot va o‘zaro hurmatni mustahkamlashda yoshlarning o‘rni borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuv yoshlar uchun globallashuv, diplomatiya va tinchlik sari ochiq maydon vazifasini o‘tadi.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalarimizga nashr ruxsatnomalari berildi
Shuningdek:
• "Цифровая экономика" darsligi — Z.Madiyeva, K.Tajibayeva, R.Yaxshiboyev muallifligida tayyorlanib, vazirlik tomonidan Guvohnoma bilan tasdiqlandi.
Qator o‘quv qo‘llanmalar uchun ham nashr ruxsatnomalari berildi:
➖ "Oila pedagogikasi", muallif — F.Islamova
➖ "Maktabgacha pedagogika", muallif — M.Egamberdiyeva
➖ "Русский язык", muallif — N.Chernova.

Taʼlimda sunʼiy intellekt – endi o‘zbek tilida!
Ushbu qo‘llanmada ta’limda SI texnologiyalarining eng so‘nggi yo‘nalishlari, o‘qituvchi va talabalarga taqdim etayotgan yangi imkoniyatlari, misollar, metodlar, tavsiyalar va amaliy yechimlar jamlangan.
✅ Ta’limning ertangi kuniga nazar: SI nima beradi?
O‘qituvchilar, ta’lim boshqaruvchilari, raqamli texnologiyalar bilan ishlovchi mutaxassislar, tadqiqotchilar va doktorantlar qo‘llanma orqali SI olamiga keng nazar solishlari mumkin.
Mazkur qo‘llanma ta’lim jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishda ishonchli yo‘l xaritasi bo‘lib xizmat qiladi.
📌 Mualliflar — Odiljon Qo‘ysinov, Odilbek Kattayev va innovatsialar sohasi mutaxassislari.
