Xalqaro Nordik universiteti professor-o‘qituvchilaridan navbatdagi master-klass

Xalqaro Nordik universiteti professor-o‘qituvchilaridan navbatdagi master-klass

October 14 , 2022

|

1523

Toshkent moliya institutida Xalqaro Nordik universitetining Ilmiy-innovatsion tadqiqotlar departamenti boshlig‘i Qobiljon Isayev professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlarga mahorat darsini o‘tkazmoqda.

Master-klassda "Global o‘zgarishlar sharoitida jahon iqtisodiyotining qayta transformatsiya bo‘lishi masalalari" mavzusida so‘z bormoqda. Xorij tajribasiga ega bo‘lgan ustozimiz Qobiljon Isayev mahorat darsi davomida bugungi kunda global sharoitlarda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlarning zamonaviy tendensiyalari, mamlakatlar iqtisodiyoti tranformatsiyalashuvining jadallashish bosqichlari, xususan, jahon iqtisodiyotining qayta transformatsiya bo‘lishi muammolari haqida tinglovchilarga aniq faktlar asosida muhim va qiziqarli ma'lumotlar taqdim etmoqda.