Xalqaro Nordik universiteti huzurida Rovan universiteti markazining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro Nordik universiteti huzurida Rovan universiteti markazining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.

October 27 , 2025

|

901

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, xorijiy nufuzli universitetlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga oid topshiriqlari ijrosiga muvofiq tashkil etildi.

AQSHning nufuzli Rovan universiteti (Rowan University – https://www.rowan.edu/) bilan hamkorlikda tashkil etilgan markaz ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Rovan universiteti prezidenti, xalqaro miqyosdagi olim va islohotchi rahbar doktor Ali Houshmand boshchiligidagi delegatsiya, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, diplomatik korpus, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

 

Rowan University – AQSHning Nyu-Jersi shtatida joylashgan innovatsion yo‘nalishdagi davlat universiteti bo‘lib, so‘nggi yillarda “Eng tez rivojlanayotgan universitet” sifatida AQSH reytinglarida e’tirof etib kelinmoqda. 


Ochilish marosimida rasmiy doiralar tomonidan ramziy lenta kesildi.


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bu kun oliy ta’lim tizimida tarixiy, faxrli kunlardan biri ekanligi, bu tashabbus, albatta xalqaro standartlarga yanada yaqinlashish, talabalarga global bilimlar maydoniga chiqish imkonini berishini e’tirof etdi.


—  “Xalqaro Nordik universiteti va Rovan universiteti rahbariyati va jamoasiga, loyihani amalga oshirishda faol qatnashgan barcha mutaxassislarga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Ishonchim komilki, Rovan universiteti markazi mamlakatimizda innovatsion fikrlovchi, xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. U nafaqat talabalarga, balki butun ta’lim tizimimizga yangi turtki beradi” – dedi Qo‘ng‘irotboy Sharipov. 


Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov anjumanda mazkur markaz nafaqat Nordik universiteti balki yurtimizning xalqaro ta’lim maydonidagi navbatdagi yutug‘i ekanligini e’tirof etdi. Yangi markaz yangi imkoniyatlar, yangi g‘oyalar va yoshlar uchun global ta’lim eshiklarini ochishini ta’kidlab o‘tdi.


“Rovan universiteti va Xalqaro Nordik universiteti o‘rtasidagi hamkorlik bilim, innovatsiya va xalqaro tajriba almashinuvining ramzidir. Biz birgalikda talabalarga global miqyosda raqobatbardosh ta’lim berishni maqsad qilganmiz,” – dedi ochilishda so‘z olgan Ali Hushmand.


Rovan universiteti Prezidenti, doktor Ali Hushmand janoblariga XNU “Faxriy professori” ilmiy unvoni topshirildi. 


Xalqaro Nordik universiteti Boshqaruv kengashi raisi, Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev tomonidan ushbu Rovan universiteti markazi faoliyati o‘zbek va xorijiy talabalar uchun Amerika ta’lim standartlariga mos o‘quv dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar, talaba va professorlar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutishini ma’lum qildi.


Ochilish tadbirida so‘zga chiqqan nufuzli mehmonlar tomonidan Rovan universiteti markazining ochilishi mamlakatimizda xalqaro oliy ta’lim aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim va innovatsiyalarni uyg‘unlashtirish, shuningdek, pedagogik, muhandislik, IT va tibbiyot sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini global standartlarga moslashtirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanishini ta’kidlab o‘tdilar.

photo-2025-10-28-00-32-08-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-08-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-09-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-09-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-09
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-09-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-10
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-10-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-10-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-39
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-40
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-40-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-41
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-41-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-28-00-32-40-2
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Inson ruhiyatini anglash san’ati: Nordikda mahorat darsi o‘tkazildi

Inson ruhiyatini anglash san’ati: Nordikda mahorat darsi o‘tkazildi

Dars psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Abdumo‘min Rasulov tomonidan olib borildi.


Mashg‘ulot davomida talabalar psixodiagnostik tekshiruvning nazariy asoslari, diagnostik test va so‘rovnomalardan foydalanish, kuzatuv usullari, natijalarni tahlil va interpretatsiya qilish, amaliy misollar asosida tadqiqot olib borish bo‘yicha muhim bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.


Ayniqsa, nazariya va amaliyot uyg‘unligida tashkil etilgan ushbu mahorat darsi Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun tajriba maktabi vazifasini o‘tadi.

“Fidoyilar” xotira kechasi: buyuk ma’rifatparvarlar xotirasi eʼzozlandi

“Fidoyilar” xotira kechasi: buyuk ma’rifatparvarlar xotirasi eʼzozlandi

Avlodlar uchrashuvida milliy tafakkur, tarixiy xotira va ma’rifatga hurmatni mustahkamlashga ahamiyat qaratildi.


Mazkur kechada o‘z umrini xalq ma’rifati, ilm-fan va pedagogika rivojiga bag‘ishlagan buyuk ma’rifatparvarlar hayoti hamda faoliyati yodga olindi. Ularning jasorati, ilm yo‘lidagi fidoyiligi va millat kelajagi uchun qilgan xizmatlari bugungi yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.


Bugun taraqqiyot haqida gap ketganda, avvalo, ma’rifat va tarbiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Aynan ana shunday fidoyi insonlarning boy merosini anglash va qadrlash esa yoshlarning Vatanga muhabbatini, ilmga hurmatini va ma’naviy mas’uliyatini yanada kuchaytiradi.


Xotira kechasi talabalarning mavzuga doir chiqishlari, mehmon maʼruzachilarning ibratli nutqlari bilan mazmunli kechdi.

Nordikda zamonaviy pedagogikaning yangi sahifalari

Nordikda zamonaviy pedagogikaning yangi sahifalari

Bu yangi kitoblar bugungi ta’lim ehtiyojlariga javob beradigan muhim ilmiy va metodik manbalardir.


📘 Nashr etilgan qo‘llanmalar:


“Информационно-коммуникационные технологии” (mualliflar — D. Sabirova, O. Azizov)

“Oila pedagogikasi” (muallif — F. Islamova)

“Maktabgacha ta’limda etnopedagogika” (muallif — M. Xasanova)

“Milliy qadriyatlar asosida 5–6 yoshli bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish metodikasi” (muallif — D. Mahmudova). 


Mazkur qo‘llanmalarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, milliy qadriyatlar va tarbiya uyg‘unligi, raqamli texnologiyalarni ta’limga tatbiq etish, maktabgacha ta’limning innovatsion metodikalari hamda nazariya va amaliyotni bog‘lovchi metodik tavsiyalar keng yoritilgan.


Ushbu adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyasi asosida nashr etilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega.


Bu nashrlar talabalar uchun puxta bilim manbai, pedagoglar uchun metodik tayanch, ilmiy izlanuvchilar uchun esa zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha muhim resurs vazifasini bajaradi.

Sohibqironni anglash: eng munosib ijodiy ishlanmalar egalari taqdirlandi

Sohibqironni anglash: eng munosib ijodiy ishlanmalar egalari taqdirlandi

Tanlov davomida talabalar Sohibqiron Amir Temur siymosini turli nigoh va yondashuvlar bilan talqin etdilar: strateg va davlat arbobi sifatida tasvirlashdi, adolat, ilm va bunyodkorlikka tayangan siyosatini zamonaviy qarashlar bilan uyg‘unlashtirishdi. 


Ayniqsa, videorolik va esselarda Sohibqiron obrazining bugungi yoshlar tafakkuridagi o‘rni ko‘zga tashlandi. 


Devoriy gazeta tanlovi g‘oliblari:

🥇 1-o‘rin — 1XT25 guruhi

🥈 2-o‘rin — 1JI25 guruhi

🥉 3-o‘rin — 1JI23 guruhi. 


🎥 Videorolik tanlovi g‘olibi:

🏅 Magistratura bosqichi talabalari — 1 MTS 25.


✍️ Esse tanlovi g‘oliblari:

🥇 Asliddin Toshpo‘latov — 1JR25

🥈 Fazliddin Kulturayev — 1JI25

🥉 Nurillo Muxiddinov — 1BM25

🥉 Ilhom Sattarov — 1JI23.


Taqdirlash tadbiri davomida faol va ijodkor talabalar universitet rahbariyati tomonidan e’tirof etildi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish